Islom

Oqsaroy “go'zallari”

aksaray

Mana bir yil bo'ldiki Turkiyaning Istanbul shahridagi Oqsaroy tumanidaman bo'layotgan ishlarga hayron va uyalasan kishi. Ko'chalarda kechasi yurarkansan, Toshkent qatortolidan hech farq qilmaydi.

Har tomonida, disko klublarida o'zbek ayollari. Yigirma va qirq yosh orasidagi yarim yolong'och ayollar. Disko klublariga kirarkansan 80-90 foizi o'zbek ayollari.
O'zbekistonda bozori chopmagan ayol bor 'ekanki shu erda. U ayollardan biri bilan yaqindan hamsuhbat bo'lganimda…

Shunday deydi: “Bizda nima qoldi, qiladigan ish yo'q. 3 nafar farzandim bor. ularni boqishim kerak. Hademay katta qizim maktabni bitiradi. Kollejga kirgizib, biron-bir kasb 'egasi bo'lishini hohlayman”, deydi suhbatdosh.

Biron-bir ishning boshini tutib ishlab, bolalarinigizni boqsangiz bo'lmaydimi deganimda, “O'zbekiston berayotgan oyligiga yashab bo'lmaydi ya'ni oyog'ingga tortsang boshinga, boshingga tortsang oyog'ingga etmaydi”, deydi suhbatdosh.

Istanbulda yurarkanman, bo'layotgan ishlardan hayronman. O'zbek ayolida bo'lgan sharqona latofat… Uvaysiy, Nodirabegim, Zulfiyahonim ajdodlari bugun achinarli holatda.

O'zbekiston davlati, hotin-qizlar qo'mitalari bu ayol fuqarolari holini so'raydimi?

Abdulloh Minor

Tavsiya 'eting:

Related Posts

One thought on “Oqsaroy “go'zallari”

  1. Mahzuna mazluma

    Kechagi kuni tuman hokimligida navbattan tashkari majlis bulib utdi. Unda bir kator masalalar kurib chikildi,shu jumladan komunal hamda moddiy kiyinchiliklar tugrida yukoridan turib ahli majlisga savol berildi,
    kiyinchiliklarjshikoyatlar bormi muammolarni hal kilamiz kimda nima savol bulsa tortinmay aytaveringlar deb jon kuydirdi vazirlikdan kelgan bir mehmon.
    Tuman hotin-kizlar kumitasining raisasi 'esa parda ortidan zaldagi ommaga karab kul siltab turardi ogzini uz kullari bilan epib kursatib…

    Reply

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM