Mahsus dastur

Abdulaziz Karim Muhammad Solih she'riga kuy bastaladi

abdulaziz-karim

O'tgan asrning to'qsoninchi yillarida “Qurbon bo'laman” qo'shig'i bilan tanilgan Abdulaziz Karim muholifat arbobi Muhammad Solih she'riga kuy bastaladi. 41 yashar qo'shiqchi O'zbekistonni tark 'etgan va hozirda Turkiyada istiqomat qilmoqda.

Qo'shiqlari O'zbekistonda taqiqlangach Turkiyaga chiqib ketishga majbur bo'lganini aytgan honanda hali konservatoriya talabasi bo'lgan paytida o'zi kuy bastalagan.

U ijro qilgan “Qurbon bo'laman” qo'shig'i ilk bor Toshkentdagi “Mening shahrim” FM radiosida hit bo'lgan 'edi.

Keyinchalik Abdulaziz Karimning Yassaviy g'azallariga bastalagan kuylari halq orasida shuhrat topdi.

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Abdulaziz Karim barcha qo'shiqlarini o'zi bastalagan sanoqli hofizlardan hisoblanadi.

Shu kunlarda bastakor ijrochi taniqli o'zbek shoiri va muholifat arbobi Muhammad Solihninng “G'arib daraht” she'rini qo'shiq qildi.

Ozodlikning “Chodirhayol” rukni muallifi Abdulla Iskandar Muhammad Solih she'rlariga qo'shiq bastalagan Abdulaziz Karim bilan suhbatlashdi.

Suhbatdosh Muhammad Solih matnlarini ashula qilish mashaqqatli kechganini gapirib berdi.

Shoir Muhammad Solih o'zining “G'arib daraht” she'rini 1994 yili O'zbekistondan Turkiyaga hijrat qilganida ëzgan 'edi

“G'arib daraht”

Odamlar kabi men dunyoni kezib yoza olmadim-ku she'riy turkumlar,

Chunki ota yurtdan chiqqanim sezib, tark 'etarlar meni hijo, ruknlar.

Chunki, kelishi-chun ko'zlarimga yosh, paydo bo'lishi-chun ilhom yurakda,

Menga juda zarur achchiq bir quyosh, keskin kontinental iqlim kerakdir.

Shunday 'ekan, dengiz qirg'oqlaridan, yashil o'rmonlardan menga so'z ochma,

Men yolgiz Turkiston tuproqlarida o'sa oladigan g'arib og'ochman…

(1994)

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM