Madaniyat

O'zbekistonda istalmagan Abdulaziz Karimga 10 oyda Turkiya vatandoshligi berildi

abdulaziz-karim-turk-vatandosh

Taniqli honanda va bastakor Abdulaziz Karim O'zbekistondan chiqib ketganidan bor-yo'g'i 10 oy o'tib, Turkiya vatandoshligiga loyiq, deb topildi. San'atkorning Ozodlikka aytishicha, bu haqdagi maktub 29 mart kuni shahsan Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo'g'lidan kelgan.

Maktubda Abdulaziz Karimga “istisno tariqasida” Turkiya vatandoshligi (bu mamlakatda “fuqaro” so'zi o'rniga “vatandosh” so'zi qo'llaniladi) berilgani ma'lum qilingan.

“Kecha bosh vazirimiz Dovudo'g'lining tabrigini oldim. 'Elektron pochtamizga tabrik yo'llaptilar, juda hursand bo'ldik. Bosh vazirning yordamchilari telefon orqali tabrikladilar. Turkiya hukumatining shunchalik 'e'tiboridan juda hursand bo'ldim. Bosh vazir hatda yozishlaricha, Turkiya jumhuriyatiga o'zingizning san'atingiz bilan hissa qo'shasiz, degan umiddamiz, sizdan yangi-yangi asarlar kutib qolamiz, degan tilak yo'llaptilar. Juda hursand bo'ldim uni o'qib,” deydi Abdulaziz Karim.

Turkiya qonunchiligiga ko'ra, Turkiya fuqaroligini olmoqchi bo'lgan shahs bu mamlakatda kamida 5 yil istiqomat qilishi lozim.

Ammo, o'zbekistonlik san'atkor Turkiya vatandoshligi unga o'n oy ichida berilganidan hayratlanganini aytdi.

“Bu hursandchilik bir habari bo'ldi. O'n oy oldin Turkiya hukumati hujjatlaringizni bersangiz, deb mandan iltimos qildi. Siz bilan qiziqamiz, ijodingiz bilan qiziqamiz, dedi. 'Endi men O'zbekistonda asosan ashulachi sifatida tanilganman, lekin kompozitor sifatida tanilmaganman, desam ham bo'ladi. Aslida, kompozitorlik janrida simfonik asarlar yozganman. Hatto operam bor bir qismlik. Hor asarlarim bor. Ularni bu erda taqdim qilganman. Ular juda qiziqib qolishgandi,” deydi Abdulaziz Karim.

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Abdulaziz Karim qo'shiqlari O'zbekistonda taqiqlab qo'yilishi ortidan 2015 yil may oyida Turkiyaga chiqib ketgandi.

Ozodlik bilan ilgari qilgan suhbatida Abdulaziz Karim O'zbekistonda Davlat televideniesi, “O'zbeknavo”, Madaniyat vazirligidagi ba'zi mulozimlar qo'shiqchilar oldiga to'siqlar qo'yish bilan shug'ullanishini aytgan 'edi.

​Abdulaziz Karim 90-yillarda “Qurbon bo'laman” qo'shig'i bilan O'zbekistonda 'eng taniqli honandalardan biriga aylandi.

Keyinchalik Abdulaziz Karimning Yassaviy g'azallariga bastalagan kuylari halq orasida shuhrat topdi.

U barcha qo'shiqlarini o'zi bastalagan sanoqli hofizlardan hisoblanadi.

O'tgan yil ohirida bastakor-ijrochi taniqli o'zbek shoiri va muholifat arbobi Muhammad Solihninng “G'arib daraht” she'rini qo'shiq qildi.

Abdulaziz Karim Ozodlik bilan suhbatda O'zbekistonni tark 'etgan 'esa-da, uni hamon o'z Vatani deb hisoblashini aytdi.

​Ozodlik bilan suhbatda Abdulaziz Karim O'zbekistonda Davlat televideniesi, “O'zbeknavo”, Madaniyat vazirligidagi ba'zi mulozimlar qo'shiqchilar oldiga to'siqlar qo'yish bilan shug'ullanishini aytib, ularni poraho'rlikda ayblagan 'edi.

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist 41 yoshli Abdulaziz Karim barcha qo'shiqlarini o'zi bastalagan sanoqli hofizlardan hisoblanadi.

Turkiyaga kelganidan so'ng Abdulaziz Karim Turkiya siyosiy 'elitasiga yaqin shoir va muholifatchi Muhammad Solihninng “G'arib daraht” she'rini qo'shiq qildi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM