Dunyo

Myan'mar: O'zbekiston 50 mingga yaqin musulmonga yordam beradi

Habarlarga ko'ra, bu – myan'marlik qochqinlarga mo'ljallangan 'eng yirik miqdordagi insonparvarlik ko'maklaridan biri bo'ladi.

Halqaro Migratsiya Tashkilotining hisob-kitoblariga ko'ra, zo'ravonlik va tazyiqlar bois, o'tgan bir necha haftaning o'zida Myan'mardan Bangladeshga yuz tutgan musulmonlarning soni to'rt yuz mingdan ortgan.

Rasmiy habarlarga ko'ra, ko'zda tutilayotgan yordam 14 hildagi oziq-ovqat mahsulotlari va birlamchi o'rinda zarur bo'lgan boshqa ashyolarni qamrab oladi.

Ularning sirasida 'esa, guruch, shakar, sut kukuni, kampal, kiyim-kechak, oyoq kiyimlari, muhim dori-darmonlar va mineral suv ham tilga olinadi.

Mahalliy kuzatuvchilarning birdek 'e'tirof 'etishlaricha, bu – O'zbekistonning uzoq horij, hususan, musulmon dunyosiga birinchi insonparvarlik mudohalasi bo'ladi.

Ta'kidlash joiz, Myan'mardagi zo'ravonliklar manzarasida qolgan biror bir Markaziy Osiyo davlati tomonidan bu kabi sa'y-harakatlarga qo'l urilgani voqe'ligi kuzatilmaydi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri bu hususda 15 sentyabr' kuni Bangladesh Halq Respublikasining favqulodda va muhtor 'elchisi bilan uchrashgan.

12 sentyabr' kuni 'esa, vazirlik Myan'mardagi “musulmon ozchiligiga qarshi zo'ravonliklar qoralangan” rasmiy bayonot bilan chiqqan.

Myan'mar rahbarlarini begunoh musulmonlarga qarshi zo'ravonliklarga chek qo'yishga chaqirgan.

Bu kabi hollarning oldini olish uchun lozim bo'lgan barcha choralarni ko'rish, mavjud muammoni faqat tinch yo'l bilan hal 'etishga da'vat qilgan.

Bularning barchasi manzarasida O'zbekiston hukumati Myan'mardagi qochqinlarga insonparvarlik yordami yuborish qarorida 'ekanini ham ma'lum qilgandi.

Toshkentdagi uchrashuv chog'ida O'zbekiston hukumat delegatsiyasining Bangladeshga bo'lajak tashrifiga doir kun tartibi va dasturi ham ko'rib chiqilgan.

Bangladeshdagi yuz minglab myan'marlik musulmon qochqinlar aksariyatining bor-budlaridan mosuvo, nochor bir ahvolda 'ekanliklari aytiladi.

Orada Turkiya va 'Eron ham bu kabi qochqinlarga katta miqdorda ko'mak etkazish rejasida 'ekanliklarini bildirishgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib 'Erdo'g'on, o'z o'rnida, dunyo liderlarini ham huddi shunday yo'l tutishga da'vat qilib chiqqan.

Manba: bbc.com/uzbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM