Markaziy Osiyo

Korruptsiyada ayblanib 10 yilga qamalgan Qozog'iston sobiq Bosh vaziri ikki yilda ozodlikka chiqdi

Qozog'iston sobiq Bosh vaziri Serik Ahmetov 21 sentyabr' kuni ozodlikka chiqarildi.

Qarag'anda oblast' sudi 6 sentyabr' kuni Ahmetovga berilgan qamoq jazosini 21 sentyabrdan boshlab “'erkinlikni cheklash” shartli jazosiga o'zgartirish haqida qaror chiqargan 'edi.

59 yashar Ahmetov 2015 yil dekabrida katta miqdordagi korruptsiyada ayblanib¸ 10 yilga qamalgan 'edi.

Avvaliga o'zining aybsiz 'ekanini ta'kidlagan Ahmetov 2016 yilda gunohiga iqror bo'lib¸ prezidentdan kechirim so'ragandan so'ng unga berilgan qamoq jazosi ikki yilga qisqartirilgan 'edi.

Yanvar' oyida Ahmetovga berilgan qamoq muddati prezident Nazarboev 'e'lon qilgan amnistiya bo'yicha yana bir yilu 7 oyga qisqartirilgan 'edi.

Asli qarag'andalik Ahmetov 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog'iston Bosh vaziri bo'lgan.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM