Markaziy Osiyo

Qirg'iziston prokuraturasi O'murbek Babanovga qarshi jinoyat ishi qo'zg'atdi

Bi-Bi-Si radiosining habar berishicha, Qirg'iziston Bosh prokuraturasi prezidentlikka nomzod O'murbek Babanovga qarshi jinoyat ishi qo'zg'atgan.

Bunga Qirg'iziston parlamenti deputati Babanovning prezidentlik saylovoldi tashviqoti payti o'shlik o'zbeklar oldida gapirgan ma'ruzasi sabab bo'lgan.

Bosh prokuratura habar tarqatishicha, Qirg'iziston prezidentligiga nomzod bilan birga “boshqa shahslarga” nisbatan ham jinoyat ishi ochilgan.

Prezidentlik saylovi tashviqoti doirasida “Respublika – Ata Jurt” partiyasi rahbari O'murbek Babanov shu yil 28 sentyabr' kuni Qirg'iziston janubidagi O'sh shahri Amir Temur kichik tumanida yashaydigan o'zbek saylovchilar bilan uchrashgan.

Qirg'iziston Bosh prokuraturasiga ko'ra, “…Omurbek Babanov, aholi orasida o'zbeklardan ko'proq ovoz olish maqsadida, o'zbek millatiga mansub shahslarning huquqlari poymol 'etilayotgani, mamlakatda mavjud millatlararo tengsizlik hamda davlat organlari tomonidan o'zbek millatiga mansub shahslarga nisbatan bo'layotgan bosimlar haqida fikr bildirgan va yig'ilganlarni ushbu holatga nisbatan faol qarshilik ko'rsatishga chaqirgan”.

Prezidentlikka nomzodning nutqini filologik-siyosiy 'ekspertizadan o'tkazishga qaror qilingan.

'Ekspertiza janob Babanovning ushbu nutqida, millatlararo nizo qo'zg'ash, odamlarni amaldagi hokimiyatga bo'ysunmaslikka undash va amaldagi hokimiyatni ag'darishga qaratilgan da'vatlar bor, degan hulosaga kelgan.

Shuningdek, Internet sotsial tarmoqlarida tarqalgan O'murbek Babanovning nutqi videosi montaj qilinganmi yoki yo'q, degan savolga javob topishga qaror qilingan va Qirg'iziston Davlat sud-'ekspert hizmati montaj qilinmagan, deya hulosa bergan.

'Elektron ommaviy ahborot vositalarida O'murbek Babanov go'yoki “Tiz cho'kib yurgandan ko'ra, tik turib o'lgan ma'qul”, “Agar biror bir militsioner o'zbeklarga teginsa, u ishdan haydaladi”, deb aytgan iboralari 'e'lon qilingan.

Prezidentlikka nomzodning shtabi 'esa bu bayonotlar Babanov aytgan iboralar mazmunidan uzib olingani va video montaj qilingani haqida habar tarqatgan.

Qirg'iziston Bosh prokuraturasi Jinoyat kodeksining “Konstitutsiyaviy tuzumni zo'ravonlik bilan o'zgartirishga chaqiriq” va “Milliy, irqiy yoki diniy nifoq qo'zg'ash” bandlari bo'yicha jinoyat ishi boshlagan.

“Respublika – Ata Jurt” partiyasi rahbari O'murbek Babanov o'ziga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilishini qoralab bayonot tarqatgan.

“Bugun biz huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o'zboshimchalikning guvohi bo'ldi. Ular menga nisbatan butkul to'qib chiqarilgan, siyosiy jinoyat ishini qo'zg'atishdi. U erda hamma narsa oq ip bilan tikilgan va buni hammamiz ko'rib turibmiz”, deyiladi Babanov nomidan tarqatilgan bayonotda.

Qirg'iziston prezidentlik saylovi 15 oktyabr' kuni o'tkazildi va unda shu vaqtgacha Bosh vazir lavozimini 'egallab kelgan, Almazbek Atambaevning “Sotsial Demokratlar partiyasi”dan bo'lgan So'o'ro'nbay J'e'enbekov g'alaba qozongani 'e'lon qilindi.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM