Bosh mavzular

O'zbekcha aholishunoslik: namozhonlar va demografiya

Statistika huddi yashirilgan kasalni oshkor qiluvchi isitmadek gap – yalang'och raqamlar yo yolg'onni fosh 'etadi, yo panaga olingan haqiqatni yuzaga chiqaradi.

Kecha prezident Shavkat Mirziyoev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qilgani ortidan O'zA davlat agentligi bir qiziq raqamni 'e'lon qildi.

Bayon qilishlaricha, hozir Rossiyaning bu yirik kentida 1 millionga yaqin O'zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda 'ekan.

Ma'lumotingiz uchun, horijiy bir shaharda 1 millionga yaqin o'zbekistonlikning tirikchilik qilishi – juda katta raqam.

Masalan, O'zbekistonning o'zidagi ikki viloyatda ham tahminan shuncha odam – Navoiy viloyatida 900 ming, Sirdaryo viloyatida 800 ming kishi istiqomat qiladi.

Piterda 1 million, Moskvada qancha?

Turli tahlilchi-yu kuzatuvchilarning o'zbekistonlik muhojirlar soni borasidagi tahminiy hisob-kitoblarini 'e'tiborsiz qoldirish mumkin. Lekin davlat agentligi bu masalada ahborot berganidan so'ng, savollar tug'iladi.

O'zA birgina Sankt-Peterburgda salkam 1 million o'zbekistonlik bor deganida faqat qonuniy mehnat qilayotgan muhojirlarni nazarda tutganmi yohud noqonuniy maqomdagi o'zbeklarni ham hisobga olganmi — yolg'iz Yaratganga ayon.

Sankt-Peterburg yahshi, lekin Rossiyaga borgan muhojirlar uchun 'eng jozibador makon 'emas. Rossiyaning har qanday ichki reytingida bo'lgani kabi, migrantlar soni bo'yicha ham poytaht Moskva birinchi.

“Demoskop Weekly” ma'lumotiga ko'ra, butun Rossiya bo'yicha patent olib ishlayotgan jami mehnat muhojirlarining 420 mingga yaqini Moskva shahrida, salkam 200 mingi Sankt-Peterburgda.

Ayni damda, patentli bu muhojirlarining 58 foizini (yoki 926 ming nafarini) o'zbekistonliklar tashkil 'etadi. Patentsizlari, mantiqan, bundan-da ko'p.

Bu hol, agar Peterburgda 1 millionga yaqin o'zbekistonlik bo'lsa, Moskvada undan ham ko'proq vatandosh bor, degan hulosaga asos bo'lishi mumkin.

O'z navbatida, O'zA agentligi 'e'lon qilgan “1 millionga yaqin yurtdosh” ahboroti 'esa ham qonuniy, ham noqonuniy muhojirlarni qamrab olgani 'ehtimoli yuqori.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov iyulda o'zbekistonlik vatandoshlar bilan o'tkazgan muloqoti chog'ida o'tgan yili 1,7 million o'zbekistonlik Rossiyaga chiqib ketganini aytgandi.

Rossiya ijtimoiy tahlil va prognozlashtirish instituti 'esa 2017 yil 1 avgust holati bo'yicha Rossiyada salkam 2 million o'zbekistonlik bo'lgani haqida ma'lumot bergan.

Rossiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2017 yil boshidan beri 3 milliondan ziyod O'zbekiston fuqarosi Rossiyada ro'yhatga olingan. Ro'yhatga olinmaganlari qanchaligini aniqlash imkonsizdek ko'rinadi.

‘15 million namozhon‘

O'zbekistonning davlat Statistika idorasi yaqinda mamlakat aholi soniga doir yangi ma'lumotlarni 'e'lon qildi. 1 oktyabrga kelib, O'zbekiston aholisi soni 32,5 million kishiga etgan.

2017 yil 1 yanvarida aholi soni 32,1 million kishi 'edi – ularning 16,1 million nafari (yoki 50,2 foizi) 'erkaklar, 15,9 millioni (49,8 foizi) 'esa ayollar.

32,1 million kishi ham, 32,5 millionlik raqam ham barcha-barchani – yangi tug'ilgan chaqaloqlardan tortib, asr bilan tenglashgan otahonu onahonlarni, o'zbeku ruslarni o'z ichiga olgan.

Shu jihatdan, davlat Statistika idorasining bu raqamlari O'zA davlat agentligi tomonidan 2017 yil 1 sentyabrda – Qurbon Hayiti kuni 'e'lon qilingan ma'lumotlar bilan ziddiyatga boradi.

“Mamlakatimizdagi jome' masjidlarida hayit namozi o'qildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoshimiz saodatli kun ibodatini ado 'etdi”, deb yozgandi o'sha kuni O'zA.

Savollar ko'p, lekin hech bo'lmasa ulardan biri yangrashi kerak – namozga chaqaloqlar ham chiqqanmi?

Yana bir qiziq jihat — 2017 yil 1 yanvar' holati bo'yicha, O'zbekistonda 750 mingdan ziyod rus, 177 mingga yaqin koreys, 70 mingdan ziyod ukrain millatiga mansub aholi bor.

Ular nufusida yarmi ayollar deb topilsa ham, qolgan yarmi salkam yarim million 'erkak bo'lib chiqadi. Millati, 'ehtimolki, dini ham boshqa, lekin O'zbekiston aholisi tarkibidagi 16,1 million 'erkak qatoridagi kishilar.

O'zA keltirgan har ikkala raqam – Sankt-Peterburgning o'zida salkam 1 million vatandosh yashashi va Hayit namoziga 15 million kishi chiqqani haqidagi ma'lumotlar rost deb qabul qilinadigan bo'lsa, yana savol tug'iladi.

Modomiki, agar O'zbekistonda Hayit namoziga bir kunda 15 million kishi chiqsa, birgina Sankt-Peterburgning o'zida 1 millionga yaqin, Moskvada undan ko'proq, butun Rossiya bo'ylab 2 milliondan ziyod o'zbekistonlik tirikchilik qilayotgan bo'lsa, Rossiyadan tashqari Turkiya, Qozog'iston, Janubiy Koreya, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham minglab, yuz minglab o'zbek vatandoshlarni birlashtirgan jamoalar borligi ham hisobga olinsa – O'zbekiston aholisi, balki, 32,5 million 'emas, undan ham ko'proqdir?

Lekin Farg'ona vodiysi yoki Surhondaryodagi katta va kichik qishloqlarda, mavsumiga qarab, 'erkak zoti anqoning urug'i bo'lib qolishi, nafaqat 'erkaklar, balki ayollarning ham mahalla-mahalla bo'lib O'zbekistondan chetga ishlashga ketayotganiga jonli guvoh bo'la turib, bir kunlik bomdod namoziga 15 million kishi chiqa olishiga yana shubhalanib qolasan, kishi.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM