Dunyo

Rossiya prezidenti Sochida Suriya prezidenti bilan uchrashdi

Posted on by in , with 0 Comments

20 noyabr' kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putun Sochida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi.

Shu oy yakunida Suriyada olti yildan beri tinchimayotgan fuqarolar urushiga barham berish bo'yicha to'htab qolgan muzokaralar qayta tiklanishi kutilmoqda.

22 noyabr' kuni Sochida tinchlik muzokralarini qayta tiklashni muhokama qilish uchun Turkiya, 'Eron va Rossiya etakchilari uchrashadi.

BMT etakchiligida o'tkaziladigan muzokaralar 'esa, 28 noyabr' kuni Jenevada boshlanadi.

Uchrashuv ortidan Putin va Asad ikki davlat Suriyada terror guruhlariga qarshi olib borayotgan qo'shma harbiy amliyotlar o'z yakuniga yaqinlaganini aytishdi.

Putin Asadga qarata:

– Harbiy amaliyot chindan o'z yakuniga etyapti. O'ylaymanki, 'endi asosiy masala siyosiy jarayonlarga o'tishdir. Men tinchlik o'rnatib, echim topish istagidagi barcha taraflar bilan ishlashga tayyor 'ekanligingizdan mamnunman, – dedi.

Asad 'esa, o'z navbatida Putinga ko'mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi va 'endilikda Suriya siyosiy echim topishga tayyor 'ekanligini ta'kidladi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM