Bosh mavzular

Dindorlarni ommaviy tarzda hibsa olish davom 'etmoqda

O'zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbuskor guruhiga, Toshkent viloyati Zangiota tuman «Aloqa» mahallasi, Bobur ko'chasi 27-uyda yashovchi, 1963 yilda tug'ilgan Hudoyberdieva (Usmonova) Musharraf Saidkarimova murojaat qildi.

Uning aytishicha, 2017 yilning 16 noyabr kuni soat 'ertalabki 6 larda, Toshkent shahar IIBBning 5 nafar hodimi kelib uyida tintuv o'tkazishgan, natijada diniy kitoblarni, mobil telefon va kompyuterini olib ketishgan. Musharraf va uning 1982 yilda tug'ilgan o'g'li Usmonov Oyatullo Farhodovichni IIBBga (tezkor guruhning rahbari Ulug'bek ismli shahs) olib ketilgan. Ma'lum bo'lishicha 14-15-16 noyabr kunlari Toshkent viloyati Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergili, Uchtepa hamda Shayhontohur tumanlarida o'zaro qarindosh bo'lgan 79 fuqaro qo'lga olingan 'edi.

16 noyabr kuni kechki soat 22da qo'lga olinganlarda 72 nafar 'erkak va ayollar ozod qilingan. Tergov izolyatorida 'esa quyidagi kishilar olib qolingan: Usmonov Oyatullo Farhodovich 1982 y.t., Uzoqova Nasib Zikirillaevna 1966 y.t., Uzoqova Umida Abdurahmanovna 1988 y.t., Abdurahmonov Muhammadamin Abdurahmonovich 1992 y.t., Rashidov Muhammad Abdukarimovich 1985 y.t., Agzamov Nasrulloh Fayzulla o'g'li 1994 y.t., Nodir (Uzoqova Umidaning turmush o'rtog'i).

Qo'lga olinganlar va ozod 'etilganlarning barchasi ikki oy avval hokimiyat va mahalla qo'mitalariga chaqirilib, deyarli 20 yil mobaynida ularning byudjet tashkilotlarida ishlashlari va bolalari uchun yordam puli olishlariga to'siq bo'lib kelgan «qora ro'yhat»dan o'chirilganliklarini rasman 'e'lon qilishgan 'edi.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Chinoz (Toshkent shahridan 70 km uzoqlikda joylashgan), Yangiyo'l (Toshkentdan 30 km uzoqlikda) tumanlarida hozircha 12 nafar qo'lga olinganlar haqidama'lumot bor. Ular Yangiyo'l tuman IIBsiga olib ketilgan. Dindorlarni qo'lga olish va IIB (tuman ichki ishlar boshqarmasi) ga olib ketish davom 'etmoqda…

17.11.2017 g
Surat Ikromov
O'zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbuskor guruhi raisi

E-mail: surat.i@rambler.ru, suratikramov@gmail.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM