Bosh mavzular

Adolat faqat portaldami?

“Halqni uyg'otishimiz kerak, etar 'endi bundoq yashash”.

Sh. M. Mirziyoev

Meni qo'limga qog'oz olishga yurtimda adolat shabadasi 'esgani turtki bo'ldi. Va yuragim tubida anchadan beri yotgan mujdani Prezident Sh. Mirziyoevga Bi-bi-si orqali etkazishga jazm 'etdim.

Hech kimga sir 'emaski, Prezidentning shahsiy tashabbusi ila halq bir necha yil uzoq kutgan kunlar keldi, qo'shni davlatlar bilan bordi-keldi, yoru birodarligimiz qayta tiklandi.

Halqlar o'rtasidagi sun'iy sovuqchiliklarga barham berilib, munosabatlar iliy boshladi.

Bu sa'y-harakatlarning ijobiy ifodalarini biz, Rossiyadagi mehnat muhojirlari, qardosh millatlar yuzida ko'rmoqdamiz.

Lekin viloyat, shahar, qishloq, hatto mahallalarda ijtimoiy, iqtisodiy muammolar hanuz echilmayapti. Aholininng Prezident portaliga shikoyatlari oqimi to'htamayapti…

Ayniqsa, mahalliy sud, prokuratura, MHH va militsiya ustidan…

Bu nimadan dalolat beradi?

Prezident devonida, portalida bor adolat joylarda yo'q deganimi?

Joylarda adolatning o'rnini nazorat 'egallagan.

Mahallalarda “halq posboni ” deb nomlab, maosh belgilab, saylab qo'yilgan drujinachilar shu kungacha nima karomat ko'rsatib kelayotganidan kimning habari bor?

“Halq posbon”larining halqqa nafi tegishi kerakmi o'zi?

Yoki kim chiqindiga, gaz, suv, umuman, kommunal to'lovlarga pul bermagan honadon bo'lsa, 'eshikma-'eshik yuradigan g'aznachimi ular?

Aholining qarzini undiradiganlar ko'paygandan-ko'paydi, ammo odamlarning real daromadlari tushib ketgani bilan hech kimning ishi yo'q.

Narhlar 'esa, birdek oshmoqda.

Hurmatli Prezident!

Siz olib borayotgan halqchil siyosatni biz, O'zbekiston vatandoshlari o'zimizning yutug'imiz, deb bilamiz.

Biz siz boshlagan va halk uchun ko'zlangan yuksalish yo'lida hamfikr va hamnafasmiz.

Halqning huquqiy savodi haqida ko'p gapiriladi.

Ko'pincha huquq buzilishlariga odamlarimizning o'z haq-huquqlarini bilmasliklari vaj qilib ko'rsatiladi.

Ammo halqqa huquqlari berilmagan 'ekan, u huquqiy savodni qaerdan olsin?

Shu o'rinda oddiy bir o'zbekistonlik sifatida quyidagi taklifimni bayon 'etsam.

Modomiki, hukumat halq g'amida, halqqa hizmat 'etishga bel bog'lagan 'ekan, ishsiz, yuridik o'quvi bo'lgan fuqarolarni har bir M.F.Y ( mahalla) ga maosh belgilagan holda, biriktirilsa.

Ular o'z navbatida aholining shikoyatlarini 'eshitib, uni mahalliy hokimiyatlar darajasida tegishli davlat idora va tizimlari 'e'tiboriga havola 'etsalar va ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati o'rnatilsa.

Shu yo'l bilan 'ehtimol, portalga shikoyatlar oqimi kamaygan, odamlar adolat kutib, Prezident portaliga mahtal bo'lmagan, muammolar joyida hal 'etilgan bo'larmidi?

Sizning uchastka nozirlari uchun mahallada uy qurib berish tashabbusingizdan yahshi habardorman.

Bu profilaktika maqsadlari, jinoyatchilikning oldini olish yo'lida ish beradi, deb o'ylayman.

Ammo jinoyatchilik, bu – oqibat.

Uchastka nozirlariga qo'shimcha, qo'shimcha, huquqiy maslahatchilar ham mahallalarga biriktirilsa, jinoyatchilikning sabablariga ham barham berilgan bo'lardi.

Hurmat bilan,

Moskva shahridagi mehnat muhojiri

Abbos Tojimuhammad o'g'li.

Manba: Bi-bi-si O'zbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM