O'zbekiston

177 nafar militsiya hodimi poraho'rlik, ta'magirlik va boshqa jinoyatlarni sodir qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi

“Ozodlik” radiosining habar berishicha, O'zbekistonda joriy yilning 10 oyi mobaynida 177 nafar militsiya hodimi poraho'rlik, ta'magirlik va boshqa jinoyatlarni sodir qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda O'zbekiston Ichki ishlar vazirligiga tayangan holda 26 noyabr' kuni Sputnik nashri habar berdi.

Nashrning yozishicha, Ichki ishlar vazirligida o'tgan videoselektor yig'ilishida intizomiy jazoga tortilgan hodimlar soni o'tgan yilga nisbatan joriy yilda 285 nafarga ko'paygani qayd 'etilgan.

“Yig'ilishda, hodimlar o'rtasida hizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan chuqur tahlil olib borish, uni keltirib chiqaruvchi sabablarini o'rganish, ushbu holatlarning kelgusida sodir 'etilishini oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar belgilangan”, deb yozdi Sputnik nashri.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM