O'zbekiston

O'zbekiston moliya-iqtisod sektori rahbarlari o'zgardi

Mahalliy Internet nashrlarining habar berishicha¸ O'zbekiston Iqtisodiyot vaziri Galina Karimovna Saidova iste'foga chiqishi munosabati bilan hozirgacha Moliya vazirligini boshqargan 61 yashar Botir Ho'jaev Iqtisodiët vaziri 'etib tayinlangan.

61 yashar asli samarqandlik Galina Saidova 2011 yil avgustidan buyon Iqtisodiyot vaziri bo'lib ishlaëtgan 'edi. 2010-2011 yillarda Saidova Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo'lib ishlagan.

Hozircha mamlakat iqtisodiy sektoridagi belgilovchi shahslardan sanalgan Saidovani iste'foga chiqishga majbur qilgan omillar haqida ma'lumot yo'q.

Bosh vazir o'rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o'zgartirishlar, horijiy investitsiyalarni jalb 'etish kompleksi rahbari Jamshid Qo'chqorov Botir Ho'jaev o'rniga Moliya vaziri 'etib tayinlangan.

Botir Ho'jaev 2006-2009 yillarda Iqtisodiyot vaziri, 2009-2011 yillarda bosh vaziri o'rinbosari va Davlat arhitektura va qurilish qo'mitasi raisi lavozimida ishlagan.

Shavkat Mirziëev prezidentlikka kelgach¸ o'tgan yil dekabrida u Islom Karimov davrida moliya sektorini boshqarib kelgan Rustam Azimov o'rniga Moliya vaziri 'etib tayinlangan 'edi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM