Mahsus dastur

Yana bir o'zbek yigit jangarilar changaliga tushdimi?

Bi-bi-siga bog'langan o'zbekistonlik kishining aytishicha, Afg'onistonda Islomiy Davlat (IShID) jangarisi deya gumon qilinib hibsga olingan Sherzod Anvarov uning do'stidir.

Bi-bi-si uch kun avval Afg'oniston shimolidagi Jauzjon viloyatida “asli buhorolik” Sherzod Anvarov qo'lga olingani va u ayni viloyatdagi IShID bo'limiga rahbarlik qilishda ayblanayotganini habar qilgandi.

U hozir Afg'oniston poytahti Kobuldagi havfsizlik kuchlariga topshirilgan.

Bi-bi-si bilan bog'langan Sarvar (ismi o'zgartirilgan) bildirishicha, Sherzod Anvarov buhorolik 'emas, balki Samarqandning Oqdaryo tumanida tug'ilib o'sgan.

Sarvarning aytishicha, Sherzod yil boshida Turkiyaga ishlash uchun ketgan, ammo ko'p ishi yurishmay va aldanib qolishi ortidan yo'qolib qolgan.

Sarvar ohirgi marta u bilan avgust oyida muloqot qilgani va qaerdaligini so'ragani, ammo Sherzod qaerdaligini yashirganini aytadi.

“Iyun' oyida u Oqdaryodagi unashtirilgan qiziga telefon qilgan. Men shu nomerni qizdan olib, internetga solib ko'rsam, Afg'onistonniki bo'lib chiqdi. Keyin u Odnoklassnikidagi profilida “Afg'onistonda halok bo'lgan Askarlar hotirasiga” deb status yozdi. O'sha statusni yozganidan keyin aniq bo'ldi, demak, Afg'onistonda 'ekan deb hulosa qildik”, – deydi u.

“Turkiyaga Samarqanddan bir kishi bilet olib berib jo'natgan. Istanbulga borib Navro'z ismli o'zbek bolaning uyida bir haftalar turdi. O'shanda menga aytishicha, 300 dollarini olgan odam ish topib berishi kerak bo'lgan, lekin topib bermagan. Orada gaplashganimda, u bu erdan chiqaman, odam ko'p kvartirada, ayol 'erkak aralash yotadi, ish ham topib bermadi, pulni bermayapti, deb janjal qilib chiqib ketib qolgan. Keyin qaerdasan desam, jo'ralarim oldidaman, dedi. Yo'qotgan pulini o'ylardi hadeb. Pulni o'ylama, pul topiladi, degandim”, – deydi Sarvar.

Sherzod joriy yil yozigacha vatsap va telegramdan yozib turgan, va ishlab turgani, hamda ko'chalarda ish qidirganini yozgan. Ikki hafta yo'q bo'lib qolishi ortidan, 10 iyunda Sarvarning yordamiga javoban “Bergan pulingdan rozi bo'l” deya hayrlashuv ruhidagi smsini yozgan. Shuning ortidan uning oilasi ko'ngliga g'ulg'ula tushgan.

Sarvarning aytishicha, qarindoshlari va do'stlariga u oddiy, dinga qiziqmagan, sportchi o'smir bo'lib tanilgan.

“Namoz o'qishni ham bilmasdi. Toyloq tumanida uch yil sport kollejida o'qigan, yunon-rim kurashi bo'yicha. Toyloq Olimpiya zahiralari kollejida uch yil bo'lib, oilasidan biroz begonalashgandi chog'i. Har doim harbiy bo'laman deb orzu qilardi”, – deydi Sarvar.

Sherzodning Afg'onistonda qo'lga olinganini 'eshitgan oilasi, Sarvarning aytishicha, shokka tushishgan. Sherzod oddiy oiladan, uch o'g'ilning o'rtanchasi. Otasi – usta, onasi 'esa bog'cha tarbiyachisi.

“Ular bilmaydi kimga uchrashishni, qaerga borishni. Ichki ishlar boshqarmasiga borishgan. Fotihalangan qizi tumanga, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga borgan. Viloyatdagi IIB “2-3 kunda javob beramiz, yordam berolmasak, Toshkentga borasizlar”, deyishgan. Uydagilarni tumanda chaqirtirib so'roq qilishgan, uyga kelib komp'yuterni olib ketishgan. Habarlashib turinglar agar yozsa, bu hali aniq 'emas, tekshiramiz, deyishgan”, – deydi Sarvar.

Bi-bi-si Sherzod Anvarovning taqdirini bilish ilinjida Kobuldagi Afg'onistonning Milliy havfsizlik hizmatiga bog'landi, ammo idora Sherzod borasida ma'lumot berishdan bosh tortdi.

Milliy havfsizlik hizmati (NDS) odatda qo'lga olingan jangarilar borasida surat va videolarni o'z Feysbuk sahifasida chop qiladi, ammo hozircha Sherzod Anvarov borasida ma'lumot chop qilinmagan.

Bi-bi-sining Kobuldagi muhbiri Fozil Ahmad Yolg'izning aytishicha, qo'lga olingan o'zbek jangarilarning O'zbekistonga qaytarilishi hollari avval yuz bermagan.

Bi-bi-si, shuningdek, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasiga Sherzod qidirilayotgani yoki unga qarshi qandaydir jinoiy ish ochilgan yo ochilmaganini bilish uchun sim qoqdi. IIB navbatchisi bu ishdan behabar 'ekanligi va ma'lumot bo'lsa, mutassaddi zobit Bi-bi-siga o'zi bog'lanishini bildirdi.

Jauzjonda IShIDga aloqador 30ga yaqin o'zbekistonlik bor, deb tahmin qilinadi.

IShID ko'proq bu viloyatning Qo'shtepa va Darzob tumanlarida faol.

Sherzod Anvarovning Turkiyadan Afg'onistonga qanday borib qolgani hozircha noma'lum.

Manba: bbc.com/uzbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM