Bosh mavzular

Sobiq siyosiy mahkum Murod Jo'raev vafot 'etdi

Bugun 4-dekabr 'Erk Partiyasining a'zosi bo'lgan 65 yoshli Murod Jo'raev vafot 'etdi. Qarindoshlarining aytishicha choy ichib o'tirgan vaqtda birdaniga joni uzilgan.

Muroj Jo'raev 1980 yillarning ikkinchi yarmida Qashqadaryo viloyatidagi Muborak shahar ijroiya qo'mitasi raisi lavozimida ishlagan, 1990 yilda saylangan O'zbekiston parlamenti deputati bo'lgan.

Muholifatdagi “'Erk” partiyasi a'zosi bo'lgan Murod Jo'raev 1995 yilda davlat hokimiyatini ag'darishga urinishda ayblanib, 12 yilga mahkum 'etilgan, ammo qamoqda 21 yil o'tirib, 2015 yilning noyabr oyida ozod qilingan 'edi.

Habarlarga ko'ra Murod Jo'raev hasta bo'lgan va Germaniyada davolanishi uchun hukumat tomonidan ruhsat berilgan, ammo davolanishga ketishga ulgurmagan.

'Erk partiyasi rahbariyati va partiyaning barcha faollari Murod akaning barcha yaqinlari va do'stlariga chuqur hamdardlik bildirib, o'z ta'ziyasini izhor 'etadi. Marhumga 'esa Allohdan rahmat va mag'firatlar tilaydi.

Manba: O'zbekiston 'ERK demokratik partiyasi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM