Markaziy Osiyo

Qirg'iz-Qozoq chegarasidagi cheklov olib tashlandi

“Ozodlik” radiosining zabar berishicha, Qozog'iston 3 dekabrdan boshlab Qirg'iziston bilan chegaralardagi barcha cheklovlarni bekor qilgan. Cheklov oktyabr' oyida prezident Almazbek Atambaev hamkasbi Nursulton Nazarboevni keskin tanqid qilgani ortidan joriy 'etilgan 'edi.

Qirg'iziston Chegara hizmatining bildirishicha, Qozog'iston bilan mavjud bo'lgan barcha chegara o'tkazish punktlari 3 dekabrdan boshlab cheklovlarsiz ish boshladi. Birgina “Ak Tilek” chegara punktida tungi soat 12dan 'ertalabki 9gacha 225ta yuk mashinasi o'tkazilgan. Ayni paytda navbatda yana 410ta yuk mashinasi qolmoqda.

2 dekabr' kuni Ostonaga borgan qirg'iz hukumati delegatsiyasi qozoq rasmiylari bilan chegaradagi vaziyatni izga solish bo'yicha “Yo'l haritasi”ni imzolashga muvaffaq bo'lgan 'edi. Mazkur hujjatga ko'ra, ikki oy qattiq cheklov doirasida ishlagan chegaradagi vaziyatni izga solish uchun 50ta kompleksli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo'ladi.

Qozog'iston joriy 'etgan cheklovlarni yaqin kunlarda olib tashlashi to'g'risida 30 noyabr' kuni Minskda o'tgan Kollektiv havfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti doirasida Qirg'izistonning yangi prezidenti So'o'ro'nbay J'e'enbekov bilan uchrashgan Nursulton Nazarboev ma'lum qilgan 'edi:

-Ikki halq o'rtasidagi birodarlik aloqalarini yana avvalgi holatga keltiramiz. Bu ikki halqning hohish-irodasi. Chegarada nega bunday vaziyat yuzaga kelgani hammaga ma'lum,-degan 'edi Nursultan Nazarbaev.

Qirg'iziston prezidenti So'o'ro'nbay J'e'enbekov 'esa Qozog'iston bilan mavjud chegaralar uch tomonlama nazoratga olinishiga kelishilganini ta'kidlagan.

-Chegara EvrOsiyo iqtisodiy ittifoqi, Qozog'iston va Qirg'iziston tomonidan nazorat qilinadi, degan qarorga keldik. Bu masalada “Yo'l haritasi” ishlab chiqilgan va yaqin kunlarda hukumatlar bu borada ish boshlashadi, -dedi J'e'enbekov.

2017 yilning 10 oktyabridan Qozog'iston chegara nazoratini kuchaytirdi, bu o'z navbatida nazorat-o'tish punktlarida avtomobillarning bir necha kilometrlik tirbandligiga sabab bo'ldi.

Qozog'iston chegaradagi nazoratni kuchaytirishidan ikki kun avval Qirg'izistonning o'sha paytdagi prezidenti Almazbek Atambaev Nursulton Nazarboevni Qirg'iziston prezidentligiga nomzod O'murbek Babanov bilan uchrashgani uchun keskin tanqid qilgan 'edi.

Qirg'izistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Alikbek Jekshenkulov qozoq –qirg'iz chegarasidagi vaziyat yangi prezident So'o'ro'nbay J'e'enbekovning yagona “bosh og'rig'i” 'emas, deb hisoblaydi:

-Tashqi siyosatda juda katta hatolar bo'ldi. Buning oqibatida Qozog'istondan tashqari Turkiya va boshqa qator davlatlar bilan ham muammolar yuzaga keldi. Bu muammolarni hal 'etish uchun yangi prezident tashqi siyosat sistemasini qaytadan aniqlab chiqishi lozim, -dedi Alikbek Jekshenkulov.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM