Dunyo

Rossiya 2018 yilgi qishki Olimpiada o'yinlaridan butunlay chetlatildi

Posted on by in , with 0 Comments

Rossiya terma jamoasi 2018 yili Janubiy Koreyaning Phyonchhan shahrida o'tadigan qishki Olimpiada o'yinlaridan butunlay diskvalifikatsiya qilindi.

Halqaro olimpiya qo'mitasining (HOQ) bu qaroriga Rossiya jamoasining Sochi-2014 Olimpiadasida dopingdan ommaviy tarzda foydalanganlikda aybdor deb topilgani sabab bo'ldi.

'Endi rossiyalik sportchilar kelasi qishki Olimpiadada o'z mamlakati bayrog'i ostida ishtirok 'eta olmaydi.

Doping qabul qilmagani aniqlangan rossiyalik “toza” sportchilarga Phyonchhan o'yinlarida faqat neytral bayroq ostida ishtirok 'etishiga ruhsat beriladi. Bu sportchilar ro'yhatini HOQ mahsus komissiyasi belgilab beradi.

Bundan tashqari HOQ qator rossiyalik mulozimlar, jumladan sport vaziri Vitaliy Mutkoni Olimpiya o'yinlaridan umrbod chetlatdi.

Shuningdek Rossiya doping tekshiruvlariga sarflargan mablag'ni qoplash uchun Halqaro olimpiya qo'mitasiga 15 million dollarlik jarima puli to'lashi ham kerak.

Bungacha qo'mita doping uchun biror mamlakatni Olimpiada o'yinlaridan butunlay chetlatmagan. Odatda individual sport federatsiyalariga cheklov qo'yiladi.

2015 yilda Jahon antidoping agentligi Rossiya hukumati doping dasturini moliyalashtirgani to'g'risidagi dalil-isbotlarni 'e'lon qilgan 'edi.

Ammo Rossiya ramsiylar bu ayblovlarni rad 'etib keladi. Prezident Vladimir Putin bu choralar ortida AQSh turganligini iddao qilib keladi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM