O'zbekiston

O'zbekistonda aholining 6,3 foizi to'yib ovqatlanmaydi

“Ozodlik” radiosining habar berishicha, O'zbekistonda 2014-2016 yillarda 1 million 9 ming odam yoki umumiy aholining 6,3 foizi to'yib ovqatlanmagan. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat tashkiloti 'e'lon qilgan hisobotda ma'lum qilindi.

Bu ko'rsatkich avvalgi yillarga qaraganda ancha ozdir. 2010-2012 yillarda O'zbekiston umumiy aholisining 7,9 foizi, 2005-2007 yillarda 'esa 12,4 foizi to'yib ovqatlanmasligi aytilgan.

“2017 yilda Evropa va Markaziy Osiyo hududlarida ovqatlanish va oziq-ovqat havfsizligi tahlili” hisobotida Markaziy Osiyoda jami 5,6 million odam to'yib ovqatlanish imkoniyatiga 'ega 'emasligi ta'kidlangan.

Kun.uz nashrining hisobotga tayanib bildirishicha, Tojikistonda 2,6 million odam yoki aholining 30 foizi to'yib ovqatlanmaydi. Turkmanistonda bu ko'rsatkich 300 ming (aholining 5,5 foizi), Qirg'izistonda 400 ming (aholining 6,3 foizi) odamni tashkil qiladi.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM