Dunyo

'Erdo'g'on: AQSh Turkiyani shantaj qilmoqchi

Posted on by in , with 0 Comments

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib 'Erdo'g'on Turkiya “Halqbanki” boshqaruvchisi Mehmet Haqan Atilla ustidan N'yu-York shahrida o'tkazilayotgan sudni Turkiyaga tushgan “dog'” va “shantaj” deya ta'rifladi.

– Turkiyada AQShga qarshi reja yo'q, ammo AQShda Turkiyaga qarshi reja bor, – deya ta'kidladi 'Erdo'g'on.

Atillaga AQSh bank tizimi orqali 'Eronning neft' va gazi sotuvidan olingan foydani qonuniylashtirish ayblovi qo'yilmoqda. U bu ishi sanktsiyalarga zid 'ekanini yahshi bilgan.

N'yu-Yorkdagi sudda turk-'eron tillafurushi Rizo Zarrob ko'rsatma bermoqda. Zarrob o'tgan oyda o'ziga qo'yilgan bank qallobligi, “harom pul”ni qonuniylashtirish va boshqa ayblovlarni tan olgan 'edi.

Ammo sudda Zarrob Atillaga hecham pora bermaganini va Atilla undan pul talab qilmaganini ta'kidladi.

Zarrob oldinroq sudga Turkiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Mehmet Zafar Chag'layan 2012 yili foydaga teng sheriklik 'evaziga davlatga tegishli “Halqbanki” orqali muayyan shema asosida operatsiyalarni amalga oshirishda ko'maklashganini aytgan 'edi.

Zarrobga ko'ra, Chag'layan unga 'Erdo'g'on va o'sha paytlar moliya vaziri bo'lgan Ali Babajan bank operatsiyasini amalga oshirish uchun shahsan rozilik berganini aytgan.

'Erdo'g'on noqonuniy hatti-harakat sodir 'etilganini inkor qilib keladi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM