Bosh mavzular

Muammoni bartaraf 'etishning 'eng birinchi yo'li, muammo borligini tan olish…

Ko'p 'emas, ikki yil avval muammolar haqida yozganlar, muammolarni olib chiqqanlarni noshukrlikda, qora kuchlar ta'siriga tushganlikda, vatan hoinilikda ayblanar 'edi. Muammoni ochiqlagan, muammoni gapirganni boshiga muammolar solishga harakat qilinardi.

Alhamdulillah. Holat o'zgardi. Odamlar muammolarni bemalol ayta olyapti. Muammolarni olib chiqyapti. O'z haq-huquqini talab 'etyapti. Prezident ta'lim tizimida, sog'likni saqlash, sud-ijro tizimi, prokuratura, organ, qo'yingki, barcha sohalarda muammo qalashib yotganini, o'tgan yillar davomida faqat qarsak chalingani, ishga sovuqqonlik bilan yondoshilgani haqida qayta va qayta gapiryapti.

'Endi hech kim shukr qilishga chaqirmay qo'ydi. Hech kim muammoni gapirganni og'ziga urmayapti. Muammolar shu qadar ko'p aytilganidan, faqat muammolar haqida o'qiyapmiz, 'eshityapmiz, ko'ryapmiz.

Avval shukr qilishga chaqirganlar, avvalgi holatdan butkul rozilarga bu narsalar yoqmayaptimi, yoki boshqa omil bormi, bilmadim. Ular ham bir nima deyishi kerak-ku, to'g'rimi? 'Endi ular yangi usulga o'tishdi “muammoni gapiryapsanmi? Unga echim ham bergin”. Bir qarashda to'ppa-to'g'ri gap. Muammoga echim berish kerak. Yo'qsa u muammoligicha qolaveradi. Echimni kim berishi kerak? Qaeringizdir og'ridi, siz og'rigan joyingizni shifokorga ko'rsatasiz. Shifokor tashhis qo'yadi va muolajani boshlaydi. Men hech qaerda ko'rmaganmanki, shifokorga belingiz og'rig'idan shikoyat qilsangiz “ho'sh, bemor, qaeringiz og'riyapti, deb o'ylaysiz? Nima uchun og'riyapti? Uni qanday qilib tuzatsa bo'ladi?”, degan doktorni ko'rganmisiz?

Siz kasallikni, nima uchun og'riyotganini, qanday tuzatish mumkinligini bilsangiz, unda shifokor nima uchun kerak?

Muammoni bartaraf 'etishning 'eng birinchi yo'li, muammo borligini tan olish. Ohirgi vaqtda televizorda ko'rsatilayotgan amaldorlar bilan suhbatlarning juda ko'pida, muammolar inkor 'etiladi.

Mana shuning uchun avval uni tan olish kerak. Muammoni tan olish uchun, muammo haqida gapirish kerak.

Bizning vazifamiz qaerimiz og'riyotganini aniq ko'rsatib berish. Muolaja 'esa ish boshilarda bo'ladi.

Ko'chalar asfalt qilinmaganini aytish – bu muammo.

O'qituvchilar pahta dalasiga chiqarilayotgani, majburiy mehnatga jalb 'etilayotgani – bu muammo.

Shifokor oyligi past 'ekani, zaruriy tibbiy anjomlar bilan ta'minlanmagani, hizmat ko'rsatish past 'ekanini aytish – bu muammo.

Diniy ibodatlar, hijob, namoz, bolalarni masjidga kiritilmasligi, diniy 'erkinlik bo'g'ilgani – bu muammo.

Bu muammolarni echimi, muammoni olib chiqqanlarda bo'lsa, unda shu soha mutahassislari amal kursisida nima qilib o'tiribdi? Muammoga echim izlash, katta halqqa otalik qiladigan davlat atalmish oila boshini muammosi 'emasmi? Ahir biz anarhiyada yashamaymiz-ku?!

Oilada farzandingizni poyafzali yirtilsa, bu ishdan sizni ogohlantiradi. Bildirish beradi. Bu muammoni echimini 'esa ota bo'lmish siz qidirasiz. Bolangiz o'qishini tashlab, poyafzal uchun pul topgani ko'chaga ravona bo'lmaydi.

Bolangiz qorni ochsa yig'laydi. Yig'lamaguncha ko'krak tutilmaydi. Muammoni aytgan farzandingizni boshidan muammoni aritishga imkon darajasida harakat qilasiz. Bu haqiqiy otaning vazifasidir. Davlat ham o'z millatini otasi.

Otangiz o'gay bo'lmasa, muammoni aytishingizni o'zi kifoya qiladi. U siz uchun muammo echimi haqida bosh qotiradi. “Yo'q, bolam, poyafzaling yirtilmagan, sen yahshilab qara, tuppa tuzik turibdi”, demaydi. Oyog'ingizdan suv o'tib ketganini ko'rib, indamay, teskari qarab maishat qilmaydi!

Otasi o'gaylar, “o'zing uchun o'l etim”, deydi-da, qo'ni-qo'shni ozginadan pul tashlab, boshqa liniyadan gaz tortgani pul yig'a boshlaydi.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM