Dunyo

'Erdo'g'an: “Al-Qudsni boy bersak, Makka va Ka'bani ham boy beramiz”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib 'Erdo'g'an Al-Qudsning boy berilishidan musulmon dunyosini ogohlantirdi.

“Agar biz Al-Qudsni boy bersak, Madinai munavvarani himoya qilolmaymiz. Agar Madinani yo'qotsak, Makkani himoya qilolmaymiz. Agar Makka qo'ldan ketsa, Ka'bani boy beramiz”, deb aytdi. U bu haqda 15 dekabrda NTV telekanali 'efirida aytib o'tgan.

'Erdo'g'anning ta'kidlashicha, AQSh Al-Qudsni Isroil poytahti deb 'e'lon qilishi ortidan Yaqin Sharq va Al-Quds atrofidagi barcha musulmonlarga yangi hujum boshlandi.

U Turkiya Trampning bu qaroriga qarshi yanada muhim qadamlar amalga oshirishini ta'kidlab o'tgan. 'Erdo'g'an Al-Quds butun dunyo musulmonlarining or-nomusi 'ekaniga ishora qilib, “Alloh bizga himoya qilishni buyurgan va ajdodlarning omonati bo'lgan Al-Qudsni himoya qilish uchun lozim bo'lgan barcha ishni qilamiz”, deb aytgan.

Manba: kun.uz

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM