Markaziy Osiyo

O'zbekiston Qirg'izistondan 'elektr 'energiyasini qabul qila boshladi

O'zbekiston 15 dekabrdan boshlab Qirg'izistondan qishki mavsum uchun 'elektr 'energiyasini sotib ola boshladi. Bu boradagi shartnoma Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambaev 5 oktyabrda Toshkentga davlat tashrfi bilan kelganida imzolangan 'edi.

O'zAning bildirishicha, dekbardan mart oyiga qadar Qirg'iziston 550 million kVt/soat 'elektr 'energiyasini etkazib beradi.

Habarda aytilishicha, 'elektr 'energiyasining sotib olinishi “Markaziy Osiyoda suv va 'energetika rejimini ta'minlashga hizmat qiladi”.

1 kVt/soatiga 2,4 tsentdan narh belgilangani 'e'tiborga olinsa, O'zbekiston bu shartnoma bo'yicha Qirg'izistonga 13 million 200 ming dollar pul to'lagani ma'lum bo'ladi.

Yoz mavsumida Qirg'iziston O'zbekistonga 2 tsentdan 1,25 mlrd kVt/soat 'elektr 'energiyasi sotgani habar qilingan 'edi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM