Mahsus dastur

Yana o'sha mardikorlik, og'ir mehnat, qishning ayanchli sovug'idagi ko'cha ishlari…

A'eroportga keldim. Hujjat tekshiruvlari va chiqish pechatidan so'ng, kutish joyiga kelib, “O'zbekiston havo yo'llari”ni samalyotini kuta boshladim. Samalyot Farg'ona-Moskva yo'nalishi bilan kelib, Moskvadan odam olib, yana farg'onaga qaytar 'ekan. Yurtdan kelgan samalyot qo'ndi. Odamlar asta-sekin tusha boshladi. Men turgan er bir oz balandda, ular 'esa bir oz pastdan, yonginamdan o'ta boshladi. Oramizda bir yarim metr va oyna bor 'edi, holos. Yurtdan kelayotgan odamlar orasida turli yosh vakillari, ayollar va bolalar ham bor 'edi.

Juda yaqin turganim bois, har-bir odamga qaray boshladim. Yurtdoshlarimning nigohi beihtiyor o'ziga tortdi. Har biri – bir dunyo.

Juda ham mayus nigohlar… hech kim kulgani yo'q. Hattoki, bir qadam narida turgan yurtdoshlariga qaragani hohishi yo'q.

Yana o'sha mardikorlik, og'ir mehnat, qishning ayanchli sovug'idagi ko'cha ishlari… va ayriliq, sog'inch ila uzoq muddatli mehnat.

Har bir yurtdoshim shu narsalarni his qilgan bo'lsa, ne ajab.

'Erkak, o'z nomi bilan 'erkak. Unga achinmaysiz. Oila mas'uliyati 'erkak zimmasida. Ammo ayollar va bolalarga juda achinasiz. “Onani qo'lidagi go'dagi bilan kelishga nima va kim majbur 'etdi?” degan savollar ila oyna oldida anchagacha qimirlamay qolib ketdim.

“Yillar davomidagi og'ir mehnat, it yotish, mirza turish hayoti, qishning sovuq kunlarida ishlab yurgan yurtdoshlarimizni o'ylaydigan kimdir bormikan?

Ayollarni sarson qilgan 'erlar, akalar, ukalar qaerda 'ekan?

Halqini mardikor qilgan mutasaddilar nima deb izoh berar 'ekan? Millionlab insonlarni qanday sharoitda, qanday holatlarda ishlab yurganidan habari bormikan?” Degan savollar qarshisida qolaveraman…

Yaqin do'stimni aytganlarini kamina qog'ozga ko'chirdi.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM