O'zbekiston

O'zA: Moliya vazirligi tizimidan 500 dan ortiq hodim ishdan bo'shatilgan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bu haqda O'zA ahborot agentligi habar qildi.

Sobiq Moliya vaziri va Hodimlar boshqarmasining sobiq boshlig'i panohida bo'lgan va hanuzgacha tizimda ishlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga dog' tushirayotgan “kalamushlar”ni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat'iy topshiriqlar berilgan.

23 dekabr' kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig'i hamda uning 3 nafar o'rinbosari 'egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi.

Shundan so'ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar hodimlar):

G'aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar hodim):

Pensiya jamg'armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar hodim):

Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari hodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar hodim) jami moliya tizimi bo'yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog' tushirgan hodimlar o'z lavozimidan ozod 'etildi.

Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o'rinlarini innovatsion g'oya va fikrga 'ega, zamonaviy tehnologiyalarni yahshi o'zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to'ldirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.

Manba: ozodlik

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM