O'zbekiston

Mirziyoev: “2018 hal qiluvchi yil bo'ladi”

Prezident Shavkat Mirziyoev 2018 yil “O'zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo'lishi”ni aytgan.

O'zbekiston halqiga Yangi yil tabrigida Prezident “qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017 yil har tomonlama omadli va barakali” bo'lganini ta'kidlagan.

Mirziyoev o'zi rahbarlik qilgan birinchi yilni mamlakat taraqqiyotida “yangi davr, yangi bosqich” deb atagan.

Uning so'zlariga ko'ra, “davlatning halqqa munosabati o'zgarmoqda”.

“Halq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. 'El-yurtga hizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda”, – deb aytgan Prezident.

O'z tabrigida Mirziyoev mintaqadagi qo'shnilar bilan aloqalarni yahshilashga qaratilgan tashqi siyosatini himoya qilgan.

“Qo'shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb 'etmoqda.Bu 'esa mintaqamizda o'zaro ishonch, do'stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo'lmoqda”, – deb aytgan davlat rahbari.

Mirziyoevga ko'ra, bu siyosat “strategik yo'l”dir va u 2018 yilda ham davom 'ettiriladi.

U Yangi yilda ham odamlarning hayot darajasi va sifatini, aholi daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat berilishini ta'kidlagan.

Mirziyoev avvalroq parlamentga murojaatida 2018 yil “oson bo'lmasligi”ni aytgandi.

“2018 yil biz uchun oson bo'lmaydi. Buni ochiq aytish kerak. Lekin, halqimiz ta'biri bilan aytganda, suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib bo'lsa ham, tanlagan yo'limizdan qaytmasligimiz shart. Nega deganda, bu hayotda hech narsa o'z-o'zidan bo'lmaydi. O'zimiz harakat qilmasak, hech kim bizga beg'araz yordam bermaydi”, – degan Prezident 22 dekabr kungi nutqida.

1 yanvarga o'tar kechasi O'zbekiston televideniesi va Prezidentning F'eysbukdagi rasmiy sahifasida olib ko'rsatilgan tabrik Shavkat Mirziyoevning Yangi yil munosabati bilan O'zbekiston halqiga ikkinchi tabrigi bo'lgan.

O'tgan yili birinchi marta davlat rahbari halqni shahsan tabriklagandi.
Karimov davrida Prezidentning Yangi yil tabrigi televidenie boshlovchisi tomonidan o'qib 'eshittirilgan.

Manba: bbc.com/uzbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM