O'zbekiston

IIV qiynoqqa solishlarga barham berish bo'yicha ish boshlanganini ma'lum qildi

“Asr.uz” ahborot saytining habar berishicha, O'zbekiston ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov hibsga olingan va javobgarlikka tortilgan shahslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy va jismoniy bosim qo'llanishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi. Dastur 2018–2020 yillarda joriy 'etiladi, deb habar beradi «Gazeta.uz».

«Ma'lumki, hozirga qadar halq ichki ishlar organlarini jazolovchi organlar deb hisoblar 'edi. Sir 'emas, odamlar qiynoqqa, shafqatsiz munosabatga duchor bo'lishi haqida fikrlar yuradi», — dedi u.

Uning aytishicha, bunday holatlarni bartaraf 'etish uchun barcha jazoni ijro 'etish muassasalarini, tergov izolyatorlarini, vaqtincha saqlash izolyatorlari va mahsus qabulhonalarni, ma'muriy jazo o'tash va zarur tadbirlarni belgilash joylarini videokuzatuv vositalari bilan ta'minlash ko'zda tutilmoqda.

Halqaro standartlar hamda chet 'el davlatlari tajribasi asosida ichki ishlar organlarida so'roq stenografiyasini olib borish, videokuzatuvni amalga oshirish uchun ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalari, shuningdek, tergov harakatlarini audioda va videoda qayd 'etish vositalari bilan jihozlangan mahsus honalar tayyorlanmoqda.

Mahbuslarning masofali videouchrashuvlarini tashkil 'etish uchun himoyalangan ahborot kanali bo'yicha bosqichma-bosqich videokonferentsiya tizimi joriy 'etiladi.

«Ayni paytda bunday mahsus hona ichki ishlar vazirligi tergov departamentida ochilgan. Keyingi yillarda barcha tergov bo'limlarida bosqichma-bosqich shunday honalar tashkil 'etish rejalashtirilmoqda», — qayd qilib o'tdi Po'lat Bobojonov.

Uning ta'kidlashicha, bu fuqarolarning yolg'on dalillar, tuhmat natijasida jazoga tortilishining oldini oladi, jinoyat-protsessual norma realizatsiyasini ta'minlaydi.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM