Bosh mavzular

Janob prezident,bu jiddiy tahlika!!!

Marhum prezidentning sobiq kotiblari “o'tmishdagi qo'rquv” haqida gapirar 'ekan, men bugungi qo'rquv va qonunsizlik hududida qolaëtgan MHH zobitlarining zulmi haqida gapiraman.

Muallim¸ iqtisodchi va publitsist Haëthon Nasriddinovdan MHH hodimlari “halq dushmani” yasashdi.

Unga bugun 159 modda ya'ni davlat to'ntarish bo'yicha aybnoma yuklandi.

Nasriddinov o'g'lining to'yiga Muhammad Solihdan ërdam olgani uchungina “vatan hoini” deya tamg'alanib o'tkan yil 20 oktyabrdan beri SNB zindonida ëtibdi.

Prezident Mirziëev ulkan minbardan turib “37 yil qaytarilmaydi” deb turgan bir paytda, MHH bemalol yurt oydinlarini zindonband qilmoqda.

Etar, “janoblar”!

Sizlarni, ya'ni bundan 100 yil oldin tuzilgan NKVD¸ GPU¸ ChK¸ KGB SNB jallodlarini lyustratsiya qilish payti keldi!

Sizlar kiygan kiyimda 1937 yilda qatl qilingan Cho'lponu Fitratlar¸ Qodiriylar qoni turibdi!

MHH butkul lyustartsiya qilinishi kerak. Barchasi¸ hatto MHH binosida farrosh bo'libmi¸ bog'bon bo'libmi ishlagan bo'lsa u ham lyustartsiya qilinishi kerak!

Doktorlar odam tanasidagi yiringni qanday olib tashlashsa jamiyat ham MHH degan yiringdan qutulmasa, o'ladi.

Bu jiddiy tahlika!

Atabek Usmanov

facebook.com ijtimoiy tarmog'idan olindi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM