O'zbekiston

Hayot Nasriddinovga konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilganlikda ayblov 'e'lon qilindi

“Ozodlik” radiosining habar berishicha, O'zbekistonda oktyabrda hibsga olingan iqtisodchi va o'qituvchi Hayot Nasriddinovga konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilganlikda ayblov bildirildgan.

Bu haqda 6 yanvar' kuni AsiaTerra nashri o'z manbasiga tayanib habar qildi.

Nasriddinov ayblanayotgan modda bo'yicha aybdor topilgan shahs 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. AsiaTerra nashri Nasriddinovga bildirilgan ayblov uning va jurnalist Bobomurod Abdullaevning ustidan ochilgan ikki jinoyat ishini bitta ishga birlashtirish yo'lidagi dastlabki qadam bo'lishi mumkin, deb habar qildi.

Toshkentlik mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich 2017 yilning noyabrida “Ozodlik” radiosiga Hayot Nasriddinov tahminan 20 oktyabr' kuni qo'lga olingani va MHHning hibshonasida saqlanayotgan bo'lishi mumkinligi to'g'risida bildirgan 'edi.

Aytilishicha, oldinroq Abdullaev bilan Nasriddinov yuzlashtirilgan. Bundan tashqari ikkalasi ham mustaqil advokatlar hizmatidan voz kechgan.

1970 yilda tug'ilgan Hayot Nasriddinov O'zbekistonda iqtisodiyotdan ta'lim olgan, keyinroq chet 'elda o'qib, iqtisodiyot fanlari doktori bo'lgan. U turli moliyachi va iqtisodchi sifatida turli tashkilotlarda ishlagan, bank ishi bo'yicha ko'plab maqolalar yozgan. Hayot Nasriddinov “Ozodlik” radiosi rus hizmati – Radio Svobodaga ham 30 dan ortiq maqolalar yozgan. Uning so'nggi maqolasi 2012 yilda chop 'etilgan. O'z maqolalarda u O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy hayoti, Rossiyadagi o'zbekistonlik muhojirlar hayotiga oid aktual mavzularni ko'targan, tahlil qilgan.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM