Mahsus dastur

Qani bu imomlarda gapirib turgan gapiga amalda javob berish?

Mamlakatdagi hohlagan imomdan o'likka qilinadigan marosimlar, ya'ni 3, 7, 20, 40 haqida so'rasangiz aniqki “mumkin 'emas” deb javob beradi, amaldachi?

Kecha shahrimizda yigirmanchi asr ohiri, yigirma birinchi asr boshlarida o'n yildan ortiqroq vaqt davomida hokim bo'lgan Mavlonqulov Hojiqul o'lgani munosabati bilan katta to'yhonada “yigirma marosimi” nishonlandi, ha, aynan nishonlandi.

Dasturhondagi meva-cheva, qazi-qarta va boshqa tansiq taomlarni oldida uncha-buncha boyni to'yi hijolat bo'ladigan darajada bo'l(ib)di. Balki, to'yhonada qilingani uchun shundaydir, yoki yaqinlari, farzandlari “dadam o'lsa shunday zo'rlab marosim qilayki, hamma hayron qolsin, dovrug'i etti mahallaga taralsin”, deb niyat qilib qo'yganmi, u yog'i menga qorong'u. Lekin bir narsa borki, bir katta ma'siyatni boshlab berdi, balki, bundan avval ham shunday dabdabali “yigirma” bo'lgandir, lekin men bunaqasini birinchi 'eshitishim.

To'yga kelgan mehmonlarga tortilgan taomlarni sanog'i yo'q. O'lik chiqqan honadon ziyofat berishi, qolganlar o'lgani munosabati bilan shu ziyofatga borib, tirjayib taomlanishi qaysi dinda bor 'ekan, hayronman… 'ehson qilish yahshi, dersiz. Ammo 'ehsonda shaharni barcha kazo-kazolari kelgani 'eshik tagida tahlanib ketgan mashinalardan ma'lum 'edi.

Mayli, ziyofat berganlar omidir, balki, tushunmas. Ammo Menga 'eng og'ir botgani shahrimizni ko'zga ko'ringan ulamolari:

Shahar bosh imom hatibi Abdumajid domla, “Saodat” masjidi imomi Ibrohimjon domla, “Hazrati Abbos” masjidi imomi Abduhafiz domla, Anvarjon domla va boshqa ko'plab imom va qorilar o'sha marosimda ishtirok 'etishgani bo'ldi.

Qani bu imomlarda gapirib turgan gapiga amalda javob berish?

Yana bularni bir aybini gapirsangiz malomatga qolasiz, dil bilan tilni boshqa-boshqaligi munofiqlikni 'eng katta isboti 'emasmi? Odamlarni to'ylarni katta qilayotganidan, o'likka marosimlarda bid'at, hurofotlarga berilib, isrofgarchilik qilayotganidan yozg'iramiz. Ammo bu ishlarga mas'ul bo'lganlar indamasa, jimgina borib, eb kelaversa qachon halqda o'zgarish bo'ladi? Imomlar shu marosimlarga bormasa, oldiga kelganlarni marosim qilmaslikka, shu pullarni muhtojlarga 'ehson qilishga chaqirsa bo'lmaydimi? Odamlar imomlarga 'ergashadi(mi?)

Iltimos, “mevali darahtga tosh otiladi” degan gaplarni gapirmanglar. Chirib bitgan mevalarga tosh otishni keragi yo'q, ular tepada turganda ham chirib ketgani bilinib turadi.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM