Bosh mavzular

“Prezidentimizning gaplaridan karam sho'rvaning hidi kelib qoldi”

Prezident Shavkat Mirziyoev buyrug'iga binoan, horijda yashayotgan yuqori malakali O'zbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa ustuvor yo'nalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok 'etishini rag'batlantirish choralari ishlab chiqiladi.

Davlat rahbari horijga qilgan safarlari chog'ida vatandan tashqarida ishlab va yashab kelayotgan fuqarolarni O'zbekistonga qaytishga chaqirgan va ularga barcha sharoitlarni yaratib berishga va'da bergan.

Ammo, Bi-bi-siga maktub yo'llagan mushtariy O'zbekistonga qaytib hafsalasi pir bo'lganini yozadi:
“Prezidentimiz chet 'eldagi yosh mutahassislarni jalb qilishini 'eshitib Yangi yil arafasida 5 yoshlik o'g'lib olib yurtimizga safar qildim.

Safardan maqsad brib sharoitlarni o'rganish, agar ma'qul kelsa yurtimizga butunlay qaytib ketish 'edi.

A'eroportdan juda tez o'tdik, hayron qoldim. Haqiqiy o'zgarish bo'libdi, deb o'yladim.

Lekin, bu uzoqqa cho'zilmadi. Oradan ikki kun o'tar-o'tmay uchastka noziri honasiga chaqirdi.

Borsam, formasiz SNB hodimi yahshigina savol-javob qildi va ro'yhat bo'yicha tibbiy ko'rikdan o'tishim shartligini aytdi.

Qaysi qonun asosida deb so'raganim o'zimga qarshi ishladi. 'Emishki, men har hil virus olib kelishim mumkin 'ekan.

Ho'p, deb poliklinikaga borsam, ular meni SPIDga qarshi markazga jo'natishdi.

Markazga borsam, odam g'ij-g'ij, huddi SPID 'epidemiyasi tarqagandek hamma chetga chiqqanlar qon topshiryapti. Buning ustiga, pullik.

Qon topshirib qutuldim desam, SNB janoblari yana yo'qladi.

Oyligimdan tortib qanaqa mashina minishimgacha surishtirdi. Huddi men terroristdek, kimlarni taniysiz, kimlar bilan uchrashasiz, degan savollar bilan hit qildi.

Ikki hafta tura oldim, holos. Biletimni alishtirib, qochdim ortga.

Qaytaman degan yurtdoshlarim etti o'lchab bir kesishsin. O'zbekistonga qaytish tugul sayohatga borish ham havfli.

Prezidentimizning gaplaridan karam sho'rvaning hidi kelib qoldi, bu bir o'yin.

Qaytgan odam bu yoqdagi ishidan ayrilib, u yoqdagi dardu baloga giriftor bo'lishi aniq.

Bizning sohadagi yahshigina mutahassislar 500 ming so'm oylikka shukur qilib ishlab yurishibdi, yana chet 'el tajribasi bor mutahassisga hohlagan oyligini berarmish.

Men 3 ming dollar olaman kamida. 500 ming so'm berolmagan davlat 3 ming dollar (24 million so'm) bera oladimi?

Salomatlik tilab, o'z yurtiga begona o'zbek mutahassisi”

Manba: bbc.com/uzbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM