O'zbekiston

Pahlavon Sodiq: “Reyter” muhbirining o'zbekcha savoliga Bosh vazir ruscha javob berdi!”

Prezident matbuot hizmatining birinchi brifingidan ilk taassurotlar shu:

Birinchidan, Allamjanov o'zini Prezidentning matbuot kotibidek 'emas, balki Prezidentdek tutdi. Matbuot kotibi jurnalistlar qarshisiga birinchi bo'lib chiqadigan odam.

Allamjanovni 'esa uning o'rinbosari Hojimatov jurnalistlarga tanishtirdi. Keyin u ikkala Hojimatovni jurnalistlarga taqdim qildi. Taqdim qilarkan, “Man o'zimni matbuot hizmatimni hodimlarini ham sizlar bilan tanishtirmoqchiydim” deb aytdi.

Vaholanki, bu uning matbuot hizmati 'emas, balki Prezidentning matbuot hizmatidir. Matbuot kotibining aytishicha, uning o'rinbosarlarining biri mahalliy, ikkinchisi horijiy matbuot bilan shug'ullanarkan. O'zi nima bilan shug'ullanadi? (Aqlga kelgan birinchi narsa “Avtotest”).

Ikkinchidan, format noto'g'ri tanlangan. Bu format Press-klubni takrorlaydi.

Prezidentning matbuot kotibi jurnalistlarning barcha savollariga o'zi javob berishi kerak.

U Prezidentning gapirayotgan og'zi bo'lishi kerak.

Menga matbuot kotibi vazifasini o'zidan soqit qilayotgandek tuyuldi.

Va nihoyat, uchinchi jihat – til masalasi.

“Halqaro matbuotni inobatga olib, ruscha olib borsak”, deyildi.

Ammo halqaro matbuotdan bitta “Reyter” muhbiri savol berdi. U ham o'zbekchada!

O'zbekcha savollarga Bosh vazir o'rinbosari kiprigini qoqmasdan, ruscha javob berdi!!!

Undan ko'ra, o'zbekcha gapirolmasligini boshidan aytib qo'ysa, bo'lardi.

Menimcha, o'zbekcha tarjima ham yo'lga qo'yilishi kerak.

Kommentlarda asosiy norozilik ham til masalasida bo'ldi.

Hullas, noto'g'ri format va noto'g'ri odamlar.

Pahlavon Sodiq

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM