Islom

'Eshonni tutib bergan Ya'qubning nafaqasi

Posted on by in , with 0 Comments

Muhammad Halfa, qo'lga tushgach, Qodirqul mingboshi va 'eshonni bevosita tutib bergan Ya'qub qo'rboshiga (aslida Madyoqub) shunday degan: «Ikkoving o'lar vaqtda jinni bo'lib o'lgil. Bizni rusga tutib bergan qo'llaring bilan o'zingni urib, so'kkan og'zing bilan o'zingni tishlab o'lgil!»

'Eshonni tutib bergan Madyoqub, shu voqeadan so'ng 5 oy o'tmasdan vafot 'etadi. Bu haqda hujjatlar shunday hikoya qiladi:

“Raport

Andijon uezdining Qo'qon qishlog'ida yashovchi, o'tgan yili mingtepalik 'Eshonni qo'lga tushirganligi uchun mazkur uezdning Maygir bo'lisi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan Madyoqub Madrahimov, besh oy hizmat qilgandan keyin, 1898 yil, 14 noyabrda qazo qildi. Uning hotini va ikki bolasi yashash uchun hech vaqosiz qoldi.

Madrahimovning mingtepalik 'eshonni tutishdagi hizmatlarini, oilasining o'ta kambag'alligini hisobga olib, Siz janobi Oliylariga iltimos qilish sharafiga muyassarmanki, Siz janobi Oliy o'z tasarrufingizda bo'lgan mablag' hisobidan bevaga pul nafaqasi tayinlash mumkin deb hisoblay olmaysizmi?

Bunga yana shuni qo'shimcha qilishga musharrafmanki, men Boltaboevga favqulodda hollar uchun mablag'dan 25 so'm berdim.

Harbiy Gubernator, general-mayor Tsiklovskiy. 1889 yil. 12 iyun'»
( Markaziy Davlat arhivi, 1-fond, 3-ro'yhat, 488-ish, 1-bet.).”

19 sentyabrda Turkiston general-gubernatorligidan javob hati keladi.

Farg'ona viloyati harbiy gubernatori Turkiston gubernatoriga 1899 yil 16 oktyabrdagi raportida shunday deb yozgan 'edi:

“Siz Janobi Oliylari Andijon uezdidagi qo'qonqishloqlik, o'tgan yili mingtepalik 'eshon Madali halfani tutgan marhum Madyoqub Madrahimovning hotini Tursunbibi Madrahimovaga bir umrlik nafaqa tayinlash haqida iltimosnoma yozish mumkin 'emasmi deb, mening hulosa berishimga imkon yaratibsiz.

Quyidagi ma'lumotlarni:

a) Madrahimovdan qolgan bolalarning soni va ularning yoshi;
b) mazkur erlikning bevasi biror bir mulkka 'egami va u nimadan iborat,
v) mazkur erlikning kun ko'rishi uchun 'eng kam nafaqa miqdori haqida ma'lumot berishni tavsiya qilibsiz.

Andijon uezdi boshlig'i menga quyidagilarni bildirdi:

a) 10 desyatina erga 'egalik qiluvchi hamda 'eridan uy jihozlari va 500 pudcha guruch meros qolgan Madrahimovning bevasi moddiy jihatdan to'la ta'minlangan;
b) Madrahimovaning ikki bolasi bo'lib, ulardan biri Qo'qonqishloq bo'lisi boshqarmasida hizmat qiladi va Madrahimovaning moddiy muhtojligidan 'emas, balki uning marhum 'erining barcha aholiga ma'lum hizmatlari uchun, ushbu erlik bevaga ozgina, oyiga 10 so'm miqdorda bo'lsa ham, nafaqa to'lash ma'qul bo'lardi.

Quyidagilarni: birinchidan, marhum Madrahimovning oilasiga to'lanadigan yiliga 120 so'mlik nafaqa «zemstvo» kassasiga og'ir yuk bo'lib tushmasligi va ikkinchidan, mazkur nafaqaning tayinlanishi Farg'ona aholisining ko'z oldida rus ma'muriyati o'ziga sodiq odamlarning hizmatini munosib taqdirlay bilishidan guvohlik berishidan kelib chiqib, ushbu oilaga uezd boshlig'i taklif 'etgan miqdorda nafaqa tayinlanishiga so'zsiz qo'shilaman, men tomondan Sizning mahkamangizga yuborilgan va shu yilning 19 sentyabrida 7992 raqami ostida javob tariqasida olingan Madrahimovaning (Boltaboevaning ham) arizasini qaytarib jo'natgan holda, so'ralayotgan nafaqani besh yil mobaynida berish kerak deb hisoblayman hamda Siz janobi Oliylarining 'e'tiboringizga va hukmingizga havola 'etaman, ushbu fikrni bildirishga musharrafman. Harbiy gubernator, general-mayor…

(imzo)”

Shunga muvofiq, Turkiston general-gubernatori 1899 yil 30 oktyabrida imperiya harbiy ministriga hat bilan murojaat 'etib, masalani ijobiy hal 'etishni iltimos qiladi.

Natijada 1900 yil 18 yanvarda, 2842 raqami ostida Peterburgdan Toshkentga, Turkiston general-gubernatoriga mana bu mazmunda hat keladi:

“Hazrati Oliylarining amri bilan shu yilning 13 yanvarida Andijon uezdining sobiq bo'lis boshqaruvchisi Yoqub Madrahimovning bevasiga nafaqa — besh yil mobaynida, yiliga 50 so'mdan, sarf-harajatlar o'lka «zemstvo» mablag'lariga kiritilgan holda tayinlandi, shu bilan birgalikda, bu haqda moliya ministriga tegishli ko'rsatma berish uchun habar qilindi.

Bosh shtab boshlig'i General-leytenant Saharov». (Markaziy Davlat arhivi, 1-fond, 3-ro'yhat, 488-ish, 9-bet.)”

Shunday qilib, Turkiston milliy qahramoni, chorizm mustamlakachilik zulmi kishanlarini parchalab tashlashga uringan Muhammad Halfani tutib bergan va buning 'evaziga mustamlakachi ma'muriyat tomonidan taqdirlangan Madyoqub Madrahimovning o'limidan so'ng, chor hukumati tomonidan uning oilasiga nafaqa tayinlanadi…

Rustam Shamsutdinov tayyorlagan

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM