Markaziy Osiyo

Ikki qardosh millatni qiyinchiliklari ortda qolgani rost bo'lsin

Tog'am Tojikistondan kelin tushirganlar. Kelin oyim Qariyb yigirma yil shu erda yashashiga qaramay, haligacha fuqarolik ololmagan. Har oy Tojikistonga borishi bir azob. Viza masalasi, chegaradagi noqulayliklar… u yoqdagilarni kelishi undan ham katta muammo. Ayniqsa to'y hashamlarda juda qiynaladi, bechora.

Kuni kecha bir narsa aytib berdi:

“O'tgan yili chegaradan o'tib, Tojikistonga bordim. Qaytishda Tojik chegarachilaridan o'tdim. Tojik va O'zbek chegarasigacha anchagina piyoda yuradigan masofa bor. Neytral hududdan toki O'zbek chegarasiga qadar, qo'lida sumkalari bilan yoshlar ham charchab qoladi. Qariyalarni-ku, gapirmasa ham bo'ladi. O'zbek chegarasiga bir amallab etib keldim. Meni yonimda qari chol-kampirlar ham bor 'edi. Kampiri charchab, chegarachilar oldida o'tirib qoldi. Madori qolmadi ortiq yurishga. Chegaradagi soldatlardan biri: “tur o'rningdan, katta holangni uyimi? Qani, tez tur, jo'na”, deb baqira boshladi. Qo'pol muomala, uni ustiga otasi tengi odamga sansirab murojaat qilishi jahlimni chiqardi “hoy, uka, sizni ham ota-onangiz bordir, uyalmaysizmi bunday deyishga?”, deb gapimni tugatishga ham ulgurmadim, yonidagi sherigi “bizni ota-onamiz senlarnikiga o'hshab bunday hor bo'lib yurmaydi, tez jo'na, 'ey, It tojiklar”, dedi. Boyagi chol kampirini amallab turgazib, yurib ketdi. Ayol boshim bilan inday olmay men ham o'tib ketdim…

Yillar davomida mana shunday muomala va qiyin sharoitlarda borib-kelaverib 'ezilib ketdik. Chegarachilar odam hisobida ko'rmas 'edi. Alhamdulillah, o'tgan hafta yana borib keldim. Huddi O'zbekiston 'emas, boshqa davlatga o'tib qaytayotganday his qildim o'zimni. Hushuomala, juda samimiy so'zlashishlar. Chegarachilar qariyalarga suv beryapti. Narsalarini olib o'tib beryapti. Hattoki “hush kelibsizlar” deb aytishni ham unutishmayapti. Birgina shahs shunday katta o'zgarishlarga sabab bo'lyapti. Tojikistonda ota-onalarimiz tinimsiz O'zbek rahbarini duo qilishyapti. 'Ehtimol, meni yigirma yillar davomida chegaradagi qiyinchiliklarimni bilmagan odam, bu gaplarni his 'etmas. Ammo ichimdan o'tayotganini o'zim bilaman. Kimlar uchundir bu arzimas narsa, men uchun juda katta o'zgarishdir”

Mana shunaqa gaplar. Alloh qo'shnilarimiz bilan aloqalarimizni mustahkam qilsin. Davlat rahbariga insof bersin. Hayrli ishlarda bardavom qilsin. Ikki qardosh millatni qiyinchiliklari ortda qolgani rost bo'lsin.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM