Dunyo

“Turkiya Afrinda Isroil bilan jang qilmoqda”

Posted on by in , with 0 Comments

«Zaytun novdasi» harbiy amaliyoti bilan birgalikda yuzaga kelgan yangi jadvalda qanday pozitsiyani 'egallashi kutilayotgan Tehron hokimiyati Pentagon tarafidan qo'llab-quvvatlanayotgan PKK/PYD (Kurdiston ishchi partiyasi)ni mo'ljalga oldi.

'Eronning diniy lideri Oyatulloh Ali Hamaniyning bosh maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy, AQShning Suriyani Firotning sharqidan bo'lishni istashini aytdi. 'Eron poytahti Tehronda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iroq bo'yicha vakili Yan Kubishni kutib olgan Viloyatiy, uchrashuvdan so'ng tashkil qilingan matbuot yig'ilishida “Vashington hukumati, nazoratidagi terror guruhlar bilan Firotning sharqida alohida bir davlat qurish uchun harakatni boshladi. Ammo AQSh va ittifoqdoshlari mintaqada avvalgiday kuchga 'emaslar. Mintaqa halqlari Pentagonning rejalarini amalga oshirishiga izn bermaydi” deya ta'kidladi.

Bu ishning ichida Ar-Riyod ham bor

Tehronning Suriyaning hududiy yahlitligini qo'llab-quvvatlashini ta'kidlagan Viloyatiy, “AQShning stsenariylari tugamaydi. Isroil va Saudiya Arabistoni ham parchalangan Suriya loyihasini qo'llab-quvvatlamoqda” deb aytdi.

Isroil PKKni qo'llab-quvvatlamoqda

'Eronning rasmiy ahborot agentligi bo'lgan “Tasnim” gazetasida chiqqan bir tahliliy maqolada terror tashkiloti PKKning Isroil bilan aloqadorligi haqida so'z yuritildi. Tashkilotning Tel-Avivdan qurol-yaroq olganiga urg'u berilgan tahlilda, “Zaytun novdasi” harbiy harakati haqida “Aslida Turkiya Afrinda Isroil bilan jang qilmoqda” deya ta'kidlangan.

Manba: haberimsize.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM