Dunyo

Ajoyib bir qatlam bor…

Bundan ancha yillar avval, musulmon olimi va ateist o'rtasidagi bir konferentsiyada bo'lgan bahsni internet orqalik o'qigan 'edim.

O'shanda ateistning savollari va javoblari meni juda hayratda qoldirgan.

Ateist oddiy musulmon tugul ahli ilmlardanda islomni yahshiroq bilardi. U har bir savolida Qur'ondan oyat, har bir javobida ham Qur'ondan javob berardi.

Biz musulmonlar musulmon bo'la turib, Allohni tan ola turib, dinimizni o'rganmaganimizdan juda uyalgandim. U ateist 'esa dindan illat izlab, dinning hatolarini ahtarib o'rgangan 'edi.

Unga har qanday oyat, hadis va boshqa narsani aytsangiz o'sha narsadan avvalo hatosini qidiradi.

Bu voqeani bejizga yodga olmadim.

Hozir ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar 'ekanman o'sha ateistni ko'p 'eslayman. Sababi shundaki, ajoyib bir qatlam bor. Yahshi bir maqola, yahshi bir narsani ustozlarimiz, brodarlarimiz ulashishsa undan ibrat oladigan erini 'emas, ayni hatolarini topishadi.

Vaholanki yuz qatorlik maqolaning to'qson to'qqiz qatori foydalik bo'ladi. Ammo qaydandir o'sha bir qatorni topib chiqib, mana men “dahoman”, deydiganlarni o'sha ateistning ishiga o'hshataman.

Bugungi kundagi maqolalarni o'qiyotgan ba'zilar, huddi o'sha kabi har bir narsadan illat ahtaradi. Har bir maqolani yomon tomonini topish uchun o'qiyotganga o'hshaydi.

P.S: men kimdirni ateistga qiyoslash fikrida 'emasman. Yondashuvni nazarda tutdim. Agar o'qiyotgan narsangiz aqidangizga, diningizga zararlik bo'lmasa, o'qib, foydasini olib, qolganini tashlab yuboravering. Shundoq ham yozadigan tugul, o'qiydiganni topish mahol jamiyatda yashayapmiz.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM