Dunyo

Hayot Nasriddinov va Alisher Soipov “Mardlik uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Posted on by in , with 0 Comments

“Ozodlik” radioining habar berishicha, 31 yanvar' kuni Moskvada inson hukquqlari faollari hamda jurnalistlarga Andrey Saharov nomidagi “Mardlik uchun” ordenini topshirish marosimi bo'lib o'tgan.

Mukofotlanganlar orasida “Chechen kundaligi” muallifi rossiyalik Polina Jerebtsova, inson huquqlari himoyachisi va jurnalist Zoya Svetova, siyosatchi Boris Vishnevskiy, hamda rossiyalik milliarder Mihail Hodorkovskiylar bor.

Andrey Saharov nomidagi “Mardlik uchun” ordeni bilan Markaziy Osiyo davlatlaridan o'zbekistonlik iqtisodchi jurnalist, hozirda qamoqda saqlanayotgan Hayot Nasriddinov va 2007 yili O'sh shahrida noma'lum shahslar tomonidan otib ketilgan qirg'izistonlik jurnalist Alisher Soipov ham takdirlandi.

Alisher Soipov Amerika Ovozi, Ozodlik, VVS, Mashhad radiolari, “Farg'ona.Ru” ahborot agentligi bilan hamkorlik qilib, Farg'ona vodiysidagi siyosiy, diniy, havfsizlik, inson huquqlari mavzusidagi voqealarni yoritib kelgan. 25 yoshida u “Siyosat” haftalik gazetasini ta'sis 'etgandi.

Marhum Alisher Soipovga berilgan ordenni “Farg'ona.ru” sayti rahbari Daniil Kislov qabul qilib oldi.

O'zbekistonlik blogger, iqtisodchi Hayot Nasriddinov o'tgan yilning noyabrida qamoqqa olingan 'edi.

Andrey Saharov nomidagi “Mardlik uchun” ordeni 2001 yili Rossiyada inson huquqlari himoyachisi va tadbirkor Piter Vins tomonidan ta'sis 'etilgan.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM