Dunyo

Turkiyaga yo'l olgan honim, o'zbekning sha'nini erga urmang!

Ta'kidlash shart, bu so'zlar Turkiya sari safarga chiqqan mutlaq ko'pchilik opa-singillarimizga tegishli 'emas. Ular sayohat, tijorat ishlari, o'sha erda halol kasblari uchun risoladagidek borib kelmoqdalar, o'z or-nomusiga va millat nomiga dog' tushiradigan holatlardan nari yuradilar. Ammo… yana o'sha gap, guruchdagi kurmaklar ko'payib ketayotgandek. Bu og'riqli mavzu yuzasidan juda ko'p maqolalar yozildi va qancha yozilsa ham kam. Lekin bunday yo'lga kirayotgan o'zbek ayollari kamaymadi, aslida bitta bo'lsa ham ko'p.

Turk hukumatining taklifiga ko'ra, dunyoning turli davlatlarida faoliyat yurituvchi ommaviy ahborot vositalari vakillari qatorida biz ham bu muazzam diyorga yo'l oldik. Mehmonnavozlik ko'ngildagidek, tadbirlar tartib bilan tashkillashtirilgan, mezbonlar imkon qadar har bir kun mazmunli o'tishini ta'minlovchi dastur tuzishgan. Taklif bahona sayohat, ziyoratlarga ham ulgurdik. Hammaning ko'ngli shod bo'ldi.

Mehmonlar taklif qilgan restoranlardan biriga kirganimizda kapalaknusha galstuk taqib olib, hizmat ko'rsatayotgan chaqqon yigitlarning ko'zlari yonib ketdi. Ularning olti nafari hamyurtlarimiz 'ekan. Rosa girgitton bo'lishdi, birga o'tirishga ruhsat yo'q shekilli, tik turib bo'lsa-da, ancha diydorlashdik. Oramizda sohaning yoshi ulug' vakili bo'lgan akamiz bilan qandaydir umumiy tanish topildi. Oqshomga shu akamizni yigitlar alohida mehmondorchilikka taklif qildilar. Ancha kech qaytgan hamkasbimiz nuqul bosh chayqardi:

— Bir restoranga olib borishdi. O'rtada harir ko'ylakda raqs tushganam o'zbek, qorindor mijozlarning vaqtini hushlab chilim tortayotgan ham o'zbek, chorlovga labbay deb javob berib mashinalarga minib ketayotgan ham o'zbek juvonlari… Er yorilmadi-yu… 'E, padariga la'nat bunaqa sharmandalikning!

'Ertasiga shahar aylanish uchun taksiga chiqdik. Hushmuomala haydovchi darhol bizni suhbatga tortdi:

— Qaerdansizlar?

— O'zbekistondan, — javob berdik g'urur bilan.

U mo'ylovini burab qo'ydi va g'alati qaradi.

— Yurtlaringda birorta ayol qolganmi yoki hammasi Istanbulga kelib olishganmi?

— Tushunmadim?

— Tushunmaysan-a tushunmaysan! Istanbuldagi hohlagan tungi klubingga bor, «obod» qilayotgan o'zbek qizlarini ko'rasan. Yana har qadamda turganlari-chi! Senlar qayoqqa qarayapsanlar?!

Bir qarashda oddiy savol, lekin javobi bormi?!

Nahot shu darajaga etgan bo'lsak?!

Rasmiy habarlarga 'e'tibor qarataylik: 2017 yil, mart. O'zbekistonlik 36 yoshli Madina S. 76 ta (!) joyda fohishahona tashkil qilish va asosan o'z hamyurtlarini bu ishga jalb qilishda ayblanib qo'lga olingan. Bu haqda «Hurriyat» nashri ma'lumot bergan.

2017 yil, may. «Newsturk» nashri habarlariga ko'ra, Turkiyaning Antaliya kurort hududlarida o'tkazilgan reydlar chog'ida 100 nafardan ortiq engiltabiat ayollar qo'lga olingan. Ularning ko'pchiligi o'zbekistonliklardir…

Bular ayni mavzuda tarqalayotgan yuzlab habarlarning ayrimlari, holos. Har birida millat nomi qora harflarda yozilgan, har biri nomusli odamning qaddini bukadi, erga qarashga majbur qiladi.

Afsuski bunday holat faqat Turkiyada 'emas. Engiltabiatlarimizning engil oyoqlari BAA, Tailand, Malayziya va hatto bu borada raqobat qilish qiyin bo'lgan Hindistongacha etib borganiga nima deyish mumkin?!

Albatta, bundaylar har bir millatda bor. Lekin chetga chiqib shunday yo'l tutayotganlar bizda ko'proqday… Ozi ham ko'p aslida.

Manba: xabar.uz

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM