O'zbekiston

Halqaro tashkilot: O'zbekiston korruptsiyaga botgan davlat

“Transparency International” tashkiloti 'e'lon qilgan yangi hisobotda O'zbekiston yana ohirgi o'rinlardan birini 'egalladi. Mamlakat 180 davlatdan iborat ro'yhatning 157-pog'onasidan joy olgan.

Noldan 100 ballgacha bo'lgan baholash tizimida baho qancha past berilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda korrupsiya darajasi shuncha yuqori hisoblanadi.

“Korruptsiyani qabul qilish indeksi” deb nomlangan hisobotda, 'ekspertlar tomonidan oligarhik-avtoritar davlat deb ta'riflangan O'zbekistonga 22 ball berilgan. O'tgan yilga nisbatan baho bir ballga oshgan, holos.

Ayni tashkilotning 2016-yilgi vaziyatga oid hisobotida O'zbekiston 176 davlat orasida 156-o'ringa qo'yilgan va Markaziy Osiyoning 'eng korruptsiyalashgan davlati deb topilgan 'edi.

Bu yilgi hisobotga ko'ra, mintaqaning korruptsiyaga 'eng ko'p botgan davlati deb Turkmaniston topilgan. U ro'yhatning 167-pog'onasiga qo'yildi.

2017-yilgi kuzatuvlarga ko'ra, korruptsiya nisbatan kam deb baholangan mintaqa davlati Qozog'iston bo'lib chiqdi. U 122 o'rinda.

Qirg'iziston ro'yhatning 135, Tojikiston 'esa 161-pog'onasidan joy olgan.

Ro'yhatning birinchi uchligini 'egallagan, ya'ni korruptsiya 'eng kam bo'lgan davlatlar – Yangi Zelandiya¸ Daniya va Finlyandiya.

Mintaqalar orasida korruptsiyadan 'eng holi hudud deb G'arbiy Yovropa topilgan (o'rtacha baho 66). 'Eng yomon ko'rsatkich Afrikaning Sahro mintaqasida (o'rtacha 32 ball) hamda Sharqiy Yovropa va Markaziy Osiyoda (o'rtacha 34 ball).

Jurnalistlar 'eng kam himoyalangan davlatlar ayni paytda korrupsiya 'eng ko'p tarqalgan hududlar 'ekani aniqlangan.

Dunyodagi mamlakatlarning yarmidan ko'pida avvalgi yillarga qaraganda ahvol o'zgarmagan yoki yomonlashgan.

2017-yil 2-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2017−2018-yillarda Korruptsiyaga qarshi kurash Davlat dasturini tasdiqlagan bo'lsa-da, hozircha mamlakatda bu dastur doirasida qilingan ishlar haqida jamoatchilikka hisobot berilgan 'emas.

Manba: amerikaovozi.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM