Bosh mavzular

Jo'mardlikning, to'g'rilikning ma'nosi

Natiq Adilov

Hamisha bunday bo'lmaydi. Bugun saharni shod xabar bilan qarshiladim. Fasebookni ochdim, ko'rdim, do'stim Muhammad Begjon yozibdi: “Bugun men ikkinchi marta ozod bo'ldim, nazorat olib tashlandi. Yashasin ozodlik!”

Kimdir bu Begjon?

Biroz ma'lumot berayinki, shodligimning sababini o'rganasiz. Muhammadbeg dunyoda 'eng uzoq muddatli hibsda saqlangan siyosiy mahbus – jurnalist 'edi. 18 yil!

Diktator Islom Karimov muhojiratdagi muxolifi, O'zbekiston Milliy Ozodlik Harakatining Lideri Muhammad Solihning va uning tarafdorlarining ko'zini qo'rqitish uchun uning ukalarini shu jumladan jurnalist M.Begjonni ham tutib zindonga tashladi.

O'tgan yil fevralda yangi prezident Shavkat Mirziyoev avf 'e'lon qilib ko'pgina siyosiy mahbuslar qatori M.Begjonni ham yaqinlariga qovushtirdi. Ammo uning ustida nazorat bor 'edi, bugun bu nazorat ham bekor qilindi.

Nega sevinmayin.

Mening birodarim ham 4 yildan buyon zindonda 'edi, ayni motiv va maqsad bilan. Biz ham uning hasratini chektik. Ammo men butun samimiyatim ila deymanki, ukam Murod Adilov bilan ko'rishishning hayajonini naqadar yashagan bo'lsam, undan besh marta ko'proq Muhammad Solih bilan uning 18 yildan keyin ozodlikka chiqqan ukasi bilan ko'rishishini, bir-birini bag'riga bosishini intizor kutayapman.

Begjonbekning aytishiga qaraganda u 20 yildir akasini ko'rmagan.

Chunki Muhammad Solih 26 yildir muhojiratdadir.

Diktatura bilan mujodalada insonlar fojialar, iztiroblar yashaydilar.

Ammo masalaning teran ijtimoiy ma'naviy tarafini ko'targan yana o'sha fidokarlardir, bashariyatni bugundan tongga tashiganlar ham o'sha kurbonlardir.

Ular bo'lmasa hayot bo'lmas 'edi.

Jo'mardlikning, to'g'rilikning yigitlikning bir ma'nosi ham qolmasdi.

Bu aka-ukalar bu tur namunalardandir.

Ularning ishi bahrasiz 'emas.

Ular yillar davomida O'zbekistondagi diktaturga karshi haykirdilar. Mum tishlagan jamiyatning ovozi bo'ldilar. Kaltaklanganlarning yumrug'i bo'ldilar.

O'zbeklar bir kuni yangi tarihini yozganda bu insonlarni hotirlamasdan o'ta olmayajaklar.

Va bugun kelajakda chechak ochadigan o'zbek hurriyati o'z mehvarida Muhammad Solih va qardoshlarining g'oyasini, aziyatlarini mardona tashiyajaklardir.

“Odamlar kabi men duyoni kezib
Yozaolmadimku she'riy turkumlar
Chunki ota yurtdan chiqqanim sezib
tark 'etarlar meni hijo, ruknlar…”.

Muhammad Solih

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM