O'zbekiston

Prokuratura tizimidagi sobiq yuqori lavozimli shahslar qo'lga olindi

Bi-bi-si radiosining habar berishicha, qo'lga olingan shahslar orasida Bosh prokurorning sobiq yordamchisi, O'zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Ulug'bek Sunnatov, Islom Karimovning sobiq davlat maslahatchisi Jamshid Fayziev va Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi sobiq boshlig'i Ulug'bek Hurramovlar bor.

Bi-bi-si manbasining aytishicha, ushbu shahslar sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi yuzasidan qo'lga olingan.

Qo'lga olingani aytilayotgan Ulug'bek Sunnatov 2014 yil 9 oktyabrda Prezident Islom Karimovning farmoni bilan Bosh prokurorning yordamchisi 'etib tayinlangan.

U 2017 yilning 1 fevral kuni O'zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi 'etib saylangan.

2017 yilning 21 noyabr kuni Ulug'bek Sunnatov Bosh prokuratura yordamchisidan Toshkent viloyat prokurori lavozimiga tushirilgan.

Biroq ikki oy o'tib 2018 yilning 16 yanvar kuni Toshkent viloyat prokurorligidan ham olingan.

Ulug'bek Sunnatov sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov 23 fevral kuni qo'lga olinganidan so'ng ushlangani aytilmoqda.

Ulug'bek Sunnatovning O'zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi sifatida ishlamayotganini assotsiatsiyadagi manba tasdiqladi.

Uning aytishicha, shu kunlarda Ulug'bek Sunnatov assotsiatsiyani boshqarmayapti va ishga chiqmayapti.

Qo'lga olingan prokuraturaning sobiq mutasaddilari ichida Islom Karimovning bir muddat davlat maslahatchisi bo'lgan va Mirziyoev 2017 yil 2 avgust kuni o'tkazgan videoselektorida tanqid nishoniga aylangan Jamshid Fayziev ham bor.

Jamshid Fayziev Mirziyoev tanqid qilgan vaqti Toshkent viloyat prokurori lavozimida ishlagan.

Ushlangani aytilayotgan Bosh prokuraturaning sobiq rahbariyat a'zolaridan Ulug'bek Hurramov ham bor.

Ulug'bek Hurramov O'zbekiston Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'limining boshlig'i bo'lgan.

Bosh prokuratura matbuot hizmatidan Vohid Sharopov Ulug'bek Hurramovning bo'lim boshliqligidan ishdan ketganiga “ancha bo'lganini” aytdi. Biroq uning qachon lavozimidan olinib, Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'limining boshlig'ining o'rinbosar 'etib tayinlagani haqida bilmasligini aytdi.

16 fevral kuni “Ozodlik” sayti o'z manbalariga tayanib, Ulug'bek Hurramovning Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'limining boshlig'i o'rinbosari lavozimidan olinganini yozdi.

Bosh prokuratura matbuot hizmati so'nggi vaqtda Ulug'bek Hamdamov nima ish qilgani borasida ma'lumoti yo'qligini bildirdi.

9 fevral kuni Mirziyoevning tanqidiy ruhda o'tgan selektori ortidan ishdan ketgan Toshkent shahar prokurorining korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo'yicha o'rinbosari Mirag'lam Mirzaev ham qo'lga olingan.

Bi-bi-si manbasi “Mirag'lam Mirzaevning butun oilasini qo'lga olish bo'yicha sanktsiya” berilganini bildirdi.

Mirag'lam Mirzaev 2014 yil fevralida marhum prezident Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovaning uyida reyd o'tkazishga sanktsiya bergani bilan tanilgan.

Manbalar Mirag'lam Mirzaev prokuror o'rinbosari bo'lsa ham MHHning sobiq raisi Rustam Inoyatovga yaqinligi bois katta vakolatga 'ega 'ekanligini aytishadi.

Bi-bi-si kelib tushgan habarlarda Rashitjon Qodirov ishi yuzasidan rahbariyat bilan yaqindan aloqa qilib biznes yuritgan shahslarning ham qo'lga olingani aytilmoqda.

Qo'lga olinganlarning ichida “InfinBank”ning “real rahbari” deb aytiladigan Farhod Mamajonov ham bor.

Uzmetronom.kom saytining yozishicha, Farhod Mamajonov plastik romlar ishlab chiqaruvchi Ekopen firmasiga ham 'egalik qiladi.

Internetdagi habarlarda Faohod Mamajonovning “kattalar” bilan o'ta yaqin bo'lgan biznesmen 'ekanligi yozilgan.

U sobiq va ayni damda qo'lga olingan Bosh prokuror Rashitjon Qodirovning o'g'li Alisher Qodirovning “ishonchli odami” sifatida talqin qilingan.

Bosh prokuror va boshqa mulozimlar bilan yaqin aloqasi Farhod Mamajonovning biznes yuritish uchun barcha to'siqlardan ozod bo'lgani, davlat kursida valyuta konvertatsiyasini amalga oshirgani yoziladi.

Farhod Mamajonov Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova bilan O'zbekistondagi bizneslarni tortib olish va to'sqinlik qilishga harakat qilgani haqida da'volar bor.

Bi-bi-sida sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirovga aloqador boshqa shahslarning ham qo'lga olingani borasida ma'lumot bor.

Ularning nima ish qilgani va bu ishlarga qanday aloqador bo'lganligi borasidagi habarlar o'rganilmoqda.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM