Dunyo

Kurd lideri Turkiya so'rovi bilan Chehiyada qo'lga olindi

Posted on by in , with 0 Comments

Suriyadagi kurd jamoasining taniqli lideri Solih Muslim Chehiyada Turkiya so'rovi bilan qo'lga olindi.

Demokratik ittifoq partiyasining sobiq hamraisi bo'lgan Solih Muslim bilan Pragada birga bo'lgan kurd faoli Kursay Sheho Ozodlik radiosiga bu masalada hozir advokatlar ishlayotganini ma'lum qildi:

– Men Pragada qoldim va bir guruh siyosatchilar hamda do'stlar bilan vaziyatni kuzatib bormoqdamiz. afdokatlar qo'llaridan kelgan harakatlarni qilishayapti, – dedi Sheho.

Chehiya politsiyasi 67 yoshli Solih Muslim 24 fevralda qo'lga olinganini yakshanba kuni tasdiqladi. Turkiya Solih Muslimni mamlakat hududiy yahlitligiga tahdid solganlikda ayblamoqda.

Demokratik ittifoq partiyasi 25 fevralda tarqatgan bayonotida Suriya fuqarosi bo'lgan Muslim Pragaga rasmiy shahs sifatida halqaro anjumanda ishtirok 'etish uchun borganini bildirdi.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM