Bosh mavzular

Bobomurod Abdullaev ishi sudda, tergovchi qamoqda

Toshkentdagi MHH hibshonasida ushlab turilgan jurnalist Bobomurod Abdullaev ustidan tergov nihoyasiga etgan va ish Toshkent shahar sudiga oshirilgan.

Bu haqda jurnalistning ishini yaqindan kuzatayotgan mustaqil huquq faoli Surat Ikromov habar tarqatdi.

Habarda aytilishicha, Abdullaev ustidan mahkamaning qachon boshlanishi hozircha advokati va yaqinlariga ma'lum qilinmagan.

Bobomurod Abdullaev bilan birga mahkamada mustaqil bloger Hayothon Nasriddinov hamda Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorovlar ham hozir bo'lishi kutiladi.

Jinoyat ishida Salaev va Olloyorovlar Boboburod Abdullaev- “Usmon Haqnazarov”ning manbalari bo'lib hizmat qilgani aytilgan.

Bobomurod Abdullaev va “sheriklari” JKning 159-moddasi, konstitutsiviy tuzumga tajovuzda ayblanmoqda.

44 yoshli Bobomurod Abdullaev o'tgan yilning 27 sentyabrida MHH tomonidan hibsga olingandi.

O'tgan oy yaqinlari uning tergov jarayonida shafqatsiz qiynoqlarga tutilganini aytishgan.

Hayothon Nasriddinov o'tgan yil 20 oktyabrida hibsga olingan.

Halqaro tashkilotlar Bobomurod Abdullaevga qarshi ayblar siyosiy 'ekanini aytib, uni zudlik bilan ozod 'etishga chaqirganlar.

Tergovchi qamoqda

Ayni paytda Bobomurod Abdullaevni hibsga olishga buyruq bergan MHH polkovnigi Nodir To'raqulovning qamoqqa olingani tasdiqlanmoqda.

16 fevral' kuni Toshkent harbiy sudi yopiq maslisida chiqargan ajrimidan ma'lum bo'lishicha, 42 yoshli Nodirbek To'raqulovga nisbatan JK 301-moddasi 1-qismi (Hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi ) hamda 230-moddasi (Aybsiz kishini javobgarlikka tortish) bilan ayblov 'e'lon qilingan.

To'raqulov muqaddam MHH Surhondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo'limi rahbari bo'lib ishlagan.

Prezident Mirziyoev MHH Surhondaryoni “talagani va chiritib yuborgani”ni aytgandi.

Asli andijonlik To'raqulov sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov akasining kuyovi 'ekani aytiladi.

15 yildan ortiq Bosh Prokuror bo'lib ishlagan Rashitjon Qodirov 23 fevral' kuni qo'lga olingan.

Bosh prokuraturaga ko'ra, idoraning sobiq rahbari o'z lavozimini suiiste'mol qilish va pora olishda gumon qilinmoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM