O'zbekiston

MHH zobiti Toymuroz Alimov hibsga olindi

O'zbekiston Milliy havfsizlik hizmati raisining sobiq o'rinbosari Shuhrat G'ulomov buyrug'iga ko'ra, qamoqhonalarida saqlangan ba'zi siyosiy va diniy mahkumlarni “likvidatsiya qilish”da qatnashgan Toymuroz Alimov 26 fevral' kuni hibsga olindi.

MHH zobiti Toymuroz Alimov O'zbekiston jinoyat kodeksining 97-modda, «Qasddan odam o'ldirish», 301-modda, «Hokimiyatni suiste'mol qilish», 230-modda, «Aybsiz odamni javobgarlikka tortish» kabi ayblovlar bo'yicha tergov qilinmoqda.

Bu haqda «'Eltuz»ga ismini oshkor 'etmaslik sharti bilan general Shuhrat G'ulomov ustidan qo'zg'atilgan tergov ishiga aloqador bo'lgan O'zbekiston MHH zobiti bildirdi.

MHH zobiti so'zlariga ko'ra, Toymuroz Alimov «tergov qilinaëtgan mahkumlarni o'ldirishga aloqadorlikda» ayblanmoqda.

Uning iddao qilishicha, shahsan general Shuhrat G'ulomovning buyrug'i bilan 2010-2014 yillar davomida 'ellikka yaqin diniy va siyosiy mahkum o'ldirib yuborilgan.

Uning aytishicha, o'ldirilganlarning hammasi O'zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan aybdor deb topilgan fuqarolar bo'lgan.

Shuningdek, Toymuroz siyosiy faollarini jismonan yo'q qilish amaliyotlariga shahsan aloqador bo'lgan.

«'Eltuz» nashri Toymuroz Alimov va Javdat Sharifho'jaev nazorati ostida yana bir mahkum – horazmlik tadbirkor Rahimboy Yo'ldoshevning 2010 yil avgustida o'ldirib yuborilganini aniqlab maqola 'e'lon qilgan 'edi.

Ayub Mingboev
«'Eltuz»ning Toshkentdagi muhbiri

Manba: Eltuz.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM