Mahsus dastur

Biz qanday davlatda yashaganmiz o'zi?

Men bir narsani tushunmayapman. Bo'layotgan ishlar aqlimni shoshirib qo'yyapti.

Biz ikki yil avval rivojlanayotgan davlatlar qatorida etakchi 'edik. Tinch va osuda, osmoni musaffo yurtda hayot kechirardik. Hech qanday muammoimiz yo'q 'edi.

Halq hukumatdan rozi, hukumat ham halqdan rozilikda umrguzaronlik qilayotgan 'edi. Hammani zohirida shukr, botinida sabr ufurib turardi.

Shunday musaffo osmon va tinch yurtda birdaniga chaqmoq chaqdi. Barchani tinchi buzildi.

Bir inson minbarga chiqib «Iqtisodimiz falaj holatda. Yigirma yil qog'ozbozlik qildik. Tadbirkorlik o'lgan, investitsiya yo'q. Barchasiga Azimov aybdor», dedi.

Bildikki, iqtisod va moliyamiz tang ahvolda. Keyin Bank sohasini fir'avni birdaniga o'lib qoldi. Bank sohasi ham o'lganini aytishdi. Undan keyingi voqealar rivoji tezlashib ketdi.

Yuksak ishonchimiz asosi bo'lgan shonli militsiyamizning kattasi hoin 'ekani aytildi. MHH general leytenanti bo'lgan G'ulomov hibsga olinib, qora dori, qurol savdosi va ko'plab moddalarda ayblandi.

Bojhonani kattasi bo'shatildi va «kalamushlar» deb shahsan prezident tomonidan 'e'tirof 'etildi.

Ta'lim va tibbiyot sohasi 'eng o'lgan soha 'ekanligi aytildi va ikkala vazir ham ishdan olindi.

So'nggi oylarda 'esa davlatni 'eng ishongan idorasi va tinchligimiz asosi bo'lgan MHH bosh raisi ishdan olindi. Hududlardagi MHHchilar hoin va poraho'r 'ekanligi aytilib, bir nechtasi qamoqqa olindi va qamoqqa olinishda davom 'etmoqda. MHHchilar itga qiyoslandi.

Prezident kelgan kunidan boshlab «prokurorlar o'g'rilar» dedi. Prokuraturani tozaladi. O'n besh yil prokuraturaga 'egalik qilgan Qodirov hibsga olindi.

Chegarachilar «kalamushlar», deb ataldi va joylardagi chegara punktlari olib tashlandi. 'Eski tizimdan qolgan Soliq idorasi raisini ham kursisi qimirlab qolgan. Diniy qo'mita kursisida dindorlarni qamash va 'erkinliklarini cheklashga kamarbasta bo'lgan Ortiq Sultonov bo'shatildi. Diniy idoradagi «Qori aka» laqabli MHHchi ishdan olindi.

Kallam chalkashib ketdi. Biz qanday davlatda yashaganmiz o'zi?

Prokuratura

MHH

Militsiya

Bojhona

Moliya

Bank

Iqtisod

Ta'lim

Tibbiyot

Din

Yana qaysi soha qolib ketdi bilmay ham qoldim.

Barcha kattakonlari ishdan olinib, davlatga hiyonat va poraho'rlikda ayblandi. Bundan chiqdi bizni yigirma besh yil aldashgan. Ko'zimizga tuproq sochishgan. Biz 'esa laqqa tushib, yuqoridagi poraho'rlarni boqib, o'zimiz mardikorlik qilganmiz. Qizlarimizni chet 'elga fohisha qilib sotganmiz. Pahta terib, korchalonlarni semirtirganmiz.

Amaldorlar halqni aldash va ushlab turish uchun OAV va Din peshvolaridan foydalangan. Televideniya jannatni ko'rsatib aldasa, peshvolar halqni shukr va tinchlikka chaqirib uhlatgan.

Ikki yil davomida bo'layotgan ishlarni ko'rib, 1937 yilda Gitlerni yoqlab millionlab insonlar mitinga chiqishgani va 1945 yilda o'sha odamlar Gitlerga qarshi bo'lganini aytgani bejiz 'emasligini tushundim.

Hullas, Qirol o'ldi, yashasin qirol.

Sayyid Islom

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM