Mahsus dastur

“Prezident Mirziyoev, hamma jallodlarni zudlik bilan qamang!”

Bi-Bi-Si radiosiing habar berishicha, O'zbekistondagi norasmiy Mustaqil inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhi O'zbekiston qamoqhonalaridagi so'nggi 11 yildagi ayanchli vaziyat tahlil qilingan hisobot 'e'lon qilgan.

Tashabbus guruhi habar qilishicha, 2006 yili O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Jazoni Ijro 'etish bosh boshqarmasi(GUIN)ning nazorati Milliy Havfsizlik hizmati zobitlari ihtiyorlariga topshirilgan.

Boshqarma rahbarlari, mamlakatdagi barcha muvaqqat izolyatorlar va jazoni ijro 'etish muassasalariga ham rahbar 'etib MHHchilar tayinlanganlar.

Yangi rahbarlar 'esa muvaqqat izolyatorlar va qamoqhonalarni qiynoq maskanlariga, begunoh, biroq boy-badavlat tadbirkorlar, bankirlar va boshqa amaldorlarga bosim o'tkazib pul undirish joylariga aylantirganlar.

O'zbekiston Mustaqil inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhiga ko'ra, halq orasida “Toshturma” nomi bilan taniqli bo'lgan qamoqhonaga boshqa jazoni ijro 'etish muassasalaridan kamera agentlari olib borilganlar.

Jinoyat olamida “lohmach”lar deb bilinadigan bu shafqatsiz jinoyatchilar “Toshturma” hududida 'emin-'erkin yurganlar, ularning kameralariga radiopriyomnik, televizorlar o'rnatib berilgan, biror bir mone'liksiz mobil telefonlardan foydalanganlar.

“Toshturma” rahbariyati “lohmach”lardan istagan narsa, tergov ostida bo'lgan mahbuslarni qiynoqqa solish, boshqalarga qarshi jinoiy ko'rsatmalarni qo'lga kiritish bo'lgan.

Bankirlar, firmachilar, tadbirkorlar, hokimlar, hatto Ichki ishlar vazirligining qo'lga olingan hodimlaridan o'z hamkasblariga qarshi ayblov ko'rsatmalari olinishiga 'erishilgan.

O'sha yillari “Toshturma”da 10 dan ortiq tergov ostidagi inson qiynoqlar oqibatida o'ldirilgan, deyiladi IGNPU habarida.

Tashabbus guruhiga ko'ra, GUIN va MHH mansabdorlari tovlamachilik maqsadida til biriktirib, uzoq yillar O'zbekistonning puldor deb bilingan insonlaridan pul talab qilib kelganlar.

“Toshturma”ga olib kirilgan puli ko'p insonlar “lohmachlar”ning qiynoqlariga tutilmaslik uchun “Toshturma”ning operativ hodimlariga oyiga 1000 dollardan 50000 dollargacha berib turishga majbur bo'lganlar.

2010 yili Nukusdagi bir tadbirkordan 100000 AQSh dollari va ko'p miqdorda zargarlik buyumlari talab qilingani, MHHning qamalib, hozir jazo muddatini o'tayotgan sobiq rahbarlari 5 million dollardan kamiga ko'nmaganlari haqida ishonchli ma'lumotga 'ega 'ekani haqida yozadi IGNPU.

Qiynoqlar, jismoniy va ruhiy bosimlar ostida olingan pullar O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Milliy Havfsizlik hizmati, Bosh prokuratura rahbarlariga berilgan, deyiladi Tashabbus guruhi hisobotida.

O'zbekiston Mustaqil Inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhi Prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat qiladi va GUIN sobiq hodimlarining ism-familiyasini keltirib, ularni jallodlar deb ataydi.

“Ko'plab hukm 'etilganlar va ularning qarindoshlari halqaro tashkilotlarga murojaat qilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevdan jallodlarni zudlik bilan hibsga olishga chaqiradi”, deyiladi IGNPU habarida.

Shuningdek, Tashabbus guruhi Jazoni Ijro 'etish bosh boshqarmasini O'zbekiston Ichki ishlar vazirligining tasarrufidan Adliya vazirligi ihtiyoriga o'tkazish taklifini ilgari surgan.

Manba: O'HH habarlar bo'limi

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM