Mahsus dastur

O'zbek so'mi qadrsizlanishda davom 'etmoqda

Mamlakatimizda chet 'el valyutalarining so'mga nisbatan qiymati oshishda davom 'etayotir. Markaziy bankning habariga ko'ra, banklar bugun, ya'ni 26.02.2018 yilda 1 AQSh dollarini 8190-8200 so'mga sotib olmoqda.

Biroq, 'erkin valyuta sotilishi boshlangan 2017 yilning 5 sentyabridan to bugungi kungacha mijozlar bank orqali faqat o'zlaridagi chet 'el valyutalarini sota oladi. AQSh dollarini naqd sotib olishni hohlovchilarga 'esa bank hodimlari bosh barmog'ini ko'rsatkich va o'rtancha barmoqlari orasiga kiritib, o'z mijozlariga ko'rsatish orqali javob berib qo'ya qoladi:)

Ammo o'tgan yillar davomida, ya'ni Islom Karimov boshqaruvi davrida banklardan valyuta sotib olishni hatto orzu qilish ham mumkin bo'lmay qolgani inobatga olinsa, Mirziyoevning valyuta sotish siyosatini 'e'tirof 'etishimizga to'g'ri keladi.

Gap shundaki, hozirgi kunda AQSh dollari sotib olish istagida bo'lganlarning valyuta konversion viza kartasiga 8220.00 so'm tashlab beriladi.

Biroq, uzunquloq gaplarga qaraganda, keyingi paytlarda mijozlarning valyuta konversion viza kartasiga valyuta “tashlab berish”da o'ziga hos muammolar paydo bo'lgan. tahlilchilarning aytishlaricha, aynan shu kabi omillar tufayli valyuta qora bozori yana qayta jonlangan.

Shunday qilib, ayni kunlarda Toshkentda va viloyatlarda yashirin (aslida ochiqcha) faoliyat yuritayotgan valyuta qora bozorida valyutafurushlar 1 AQSh dollarini 8200 so'mdan sotib olmoqdalar. Sotish: 8300 so'm.

Bundan tashqari, O'zbekistondagi ko'pgina banklarda Rossiya rublini sotish va harid qilish to'htatilganligi, yon qo'shnimiz Qozog'istonning milliy valyutasi – tengeni sotib olish va sotish amallari joriy 'etilmaganligi bois valyuta qora bozorlarida Rossiya rubli va Qozog'iston tengesining savdosi oshig'i olchi bo'lmoqda.

Shu tariqa, ayni kunlarda valyuta qora bozorlarida valyutafurushlar 1 Rossiya rublini Markaziy bank tomonidan belgilangan 145.89 so'm o'rniga 148 so'mdan sotib olmoqda. Sotish: 150-152 so'mgacha ko'tarilgan.

Qozog'iston tengesini aytmaysizmi, Janubiy Qozog'iston viloyatida joylashgan “Jibek jo'li” chegara punkti bo'yidagi bir necha yoyma bozorlar Toshkent viloyati fuqarolari va toshkentliklarning bozor-o'char qiladigan maskaniga aylanganidan beri tengening kursi o'sishdan to'htamayapti.

Bir paytlar qozoq birodorlar bizning 1000 so'mimizni 25 ming tengega harid qilardi. 'Endilikda biz ularning 1000 tengesini 27 000 so'mga sotib olishga majbur bo'lyapmiz.

'Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada 1000 tenge 25 000 so'm 'edi.

Ha, O'zbekistonda jiddiy inflyatsiya, pulning qadrsizlanishi avj olmoqda. Lekin bu borada soha mutahassislari sukut saqlashda davom 'etayotir. Milliy valyutamiz so'mning qadrsizlanishi boisi haqida hech qanday tushunchalar berilmayotir.

Ro'zibay Azimiy

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM