Bosh mavzular

Bobomurod Abdullaev ustidan sud 5 martda boshlanadi

Toshkentdagi MHH hibshonasida ushlab turilgan jurnalist Bobomurod Abdullaev ustidan mahkama jarayoni 5 mart kuni tushdan so'ng jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida boshlanadi.

Bu haqda jurnalistning ishini yaqindan kuzatayotgan Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi habar tarqatdi.

Mahkamada Bobomurod Abdullaevni advokat Sergey Mayorov himoya qilishi kutilmoqda.

Bobomurod Abdullaev bilan birga mahkamada mustaqil bloger Hayothon Nasriddinov hamda Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorovlar ham hozir bo'lishi kutiladi.

Jinoyat ishida Salaev va Olloyorovlar Boboburod Abdullaev- “Usmon Haqnazarov”ning manbalari bo'lib hizmat qilgani aytilgan.

Bobomurod Abdullaev va “sheriklari” JKning 159-moddasi, konstitutsiviy tuzumga tajovuzda ayblanmoqda.

44 yoshli Bobomurod Abdullaev o'tgan yilning 27 sentyabrida MHH tomonidan hibsga olingandi.

O'tgan oy yaqinlari uning tergov jarayonida shafqatsiz qiynoqlarga tutilganini aytishgan.

Hayothon Nasriddinov o'tgan yil 20 oktyabrida hibsga olingan.

Halqaro tashkilotlar Bobomurod Abdullaevga qarshi ayblar siyosiy 'ekanini aytib, uni zudlik bilan ozod 'etishga chaqirganlar.

Dushanba kuni Bobomurod Abdullaevni hibsga olishga buyruq bergan MHH polkovnigi Nodir To'raqulovning qamoqqa olingani tasdiqlangandi.

42 yoshli Nodirbek To'raqulovga nisbatan JK 301-moddasi 1-qismi (Hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi ) hamda 230-moddasi (Aybsiz kishini javobgarlikka tortish) bilan ayblov 'e'lon qilingan.

To'raqulov muqaddam MHH Surhondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo'limi rahbari bo'lib ishlagan.

Manba: bbc.com/uzbek

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM