Bosh mavzular

Jurnalist Bobomurod Abdullaevga nisbatan ochilgan jinoiy ish yuzasidan dastlabki tergov jarayonida yo'l qo'yilgan qonun buzilishi haqda

O'ZBEKISTON “'ERK” DEMOKRATIK PARTIYaSINING BAYoNOTI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqorolarning huquq va 'erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi N PF-5268 sonli Farmonining 2-bandiga ko'ra protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan, shu jumladan:
– jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psihologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yohud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo'llagan holda;
– gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyaga bo'lgan huquqini buzgan holda;
– dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmui bilan o'z tasdig'ini topmagan ko'rsatuvlaridan;
– mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan hollardan tashqari, jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining tahmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan ko'rsatuvlaridan olingan hamda tegishli ravishda yuridik kuchga 'ega bo'lmagan ma'lumotlardan jinoyat ishlari bo'yicha dalil sifatida foydalanishga yo'l qo'yilmasin deyilgan.
Mazkur Farmonning 3-bandiga ko'ra 'esa:
– protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko'rsatuvlari, 'ekspert hulosasi, ashyoviy dalillar, audio va videoyozuv hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish ta'qiqlanadi deyilgan.
Farmonning 4-bandida shahsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo'lgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolg'on ma'lumotlar va boshqa buzib ko'rsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ko'rsatuv berishga majburlash, ish bo'yicha haqiqiy holatlarni buzib ko'rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun, yolg'on guvohlik va yolg'on habar berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutgan holda, jinoiy javobgarlik kiritilsin deb qat'iy belgilangan.
Farmonning 5-bandi bilan o'rnatilgan tartibga binoan:
– dalillarni yig'ish va mustahkamlashda ruhsat berilmagan uslublar qo'llanilganligi to'g'risidagi murojaatlar prokuratura organlari yoki sud tomonidan qonun hujjatlarida o'rnatilgan tartibda tibbiy 'ekspertiza o'tkazish orqali majburiy tekshirilishi shart;
– himoyachi jinoyat ishi bo'yicha dalillarni to'plash va taqdim 'etish huquqiga 'ega bo'lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo'shib qo'yilishi, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov o'tkazish va jinoyat ishini sudda ko'rib chiqish vaqtida majburiy tekshirilishi va baholanishi shart 'ekani qat'iy belgilab qo'yilgan.
Jurnalist Bobomurod Abdullaevga nisbatan ochilgan jinoyat ishida ushbu Farmonda nazarda tutilgan barcha bandlar qo'pol tarzda buzilgan.

Hususan, gumondorga nisbatan dastlabki tergov paytida qiynoqqa solish, psihologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo'llagan;
– Bobomurod Abdullaevning himoyaga bo'lgan huquqi qo'pol tarzda buzilgan;
– dastlabki tergov jarayonida mavjud dalillar majmui bilan o'z tasdig'ini topmagan ko'rsatuvlar gumon qilinuvchi B.Abdullaevni qasddan ayblash maqsadida ishlatilgan;
Farmonning 5-bandida himoyachi jinoyat ishi bo'yicha dalillarni to'plash va taqdim 'etish huquqiga 'ega 'ekani belgilab qo'yilganiga qaramasdan B.Abdullaevga o'z himoyachisi bilan 'erkin uchrashish va gumondorning himoyasi uchun strategiya ishlab chiqishga mutlaqo imkon berilmagan.

Yukoridagi holatlardan kelib chiqib, 2018 yilning 5-mart kuniga belgilangan jurnalist B.Abdullaevning ishi bo'yicha sud majlisi qoldirilib, qayta surishtiruvga yuborilishi lozim.

O'zbekiston “'ERK” partiyasi raisi

Muhammad Solih

4.03.2018

Manba: uzxalqharakati.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM