Bosh mavzular

Javobsiz savollar: Abdullaev, Nasriddinov va Malik

OAV habarlarida IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig'i, general-mayor Qutbiddin Burhonov 20 ming fuqaroning qora ro'yhatdan chiqarilganini aytibdi.

O'sha 20 mingni qora ro'yhatga kiritib qo'yib, o'zi va oilasini sarson qilgan IIV va MHHchilarga qachon 159-modda bilan ish ochiladi? Ahir ularning faoliyati ham shahsning Konstitutsion huquqlarini poymol qilganlik asosi bilan Konstitutsion tuzuzmga tajovuzku!

Qachon bu 20 ming beayb fuqaroga kompensatsiya to'lanadi? Nega haligacha bironta mahkum qamoqdan to'la oqlanib ozod qilinmadi? Nega faqat avf yoki engilroq jazoga almashtirish haqida gap boradi?

A) 'Endi asosiy masala buyicha javobsiz savollarga o'tsak…

Yaqindagina kassatsiya tartibida sudi bo'lgan Akrom Malik haqida IIV rahbari P.Bobojonov 'eshitmaganmidi? Bir yosh bloger qonunsiz bir tuzumni tanqid qilib yozgani uchun unga Konstitutsion tuzumga qarshi degan ayb qo'yiladimi, hatto o'sha moddaning 3-bandi bilan davlat to'ntarishi aybi qo'yiladimi? IVV va MHH tergov boshqarmalarini bironta huquqshunos bormi o'zi?

Qaysi moddani qaerda va qachon ishlatishni biladigan bironta savodli tergovchi qolganmi o'zi?

Yoki mana shunaqa adolatsiz ishlarga hukm chiqaradigan sudyalar qaerda o'qishgan o'zi? Yuridik 'emas qishloq ho'jalik institutidami?

Akromning ushlashganda avvalo bir nechta buzuqi fohishalarni yo'llab janjal chiqaritirib keyin uni shilqimlik qildi degan ayb bilan ma'muriy jazoga tortib 15 sutkaga qamashibdi. Keyin shu 15 kun ichida qolgan narsalarni bemalol bo'yniga qo'yishgan. Bu erda savollar qalashib yotibdi:

1. IIV va MHH begunoh insonga tuzoq qurishni va fohishalar bilan hamkorlik qilishni qachon bas qilishadi?

2. Avval ma'muriy jazo berib keyin jinoiy ish yasash shemasidan qachon voz kechiladi? Uyat bormi o'zi?

3. Bu shemada ishlagan MHH va IVV hodimlariga sherik bo'layotgan prokuror va ma'muriy jazo tayinlagan sudyalar qachon javobgarlikka tortiladi?

4. Akrom Malikov va unga o'hshagan qancha begunoh ziyolilarni tuzoqqa tushirishda foydalanilgan va yollangan fohishalar kim o'zi? Ularni ro'yhatlari IIVda albatta mavjuddir. Ular bilan hamkorlik qilgan hodimlar va o'sha shantajchi fohishalar qachon jazo olishadi?

5. Mamlakatning ziyolilarga havodek 'ehtiyoji bor vaqtda shunday yosh olimga 'eng adolatsiz hukmni chiqarib uning umrini hazon qilgan M.Hodjaeva, M.Giyasova, O.Rahmonov kabi sudya va halq maslahatchilarining o'zlari qachon jinoiy javobgarlikka tortiladi?

6. Sudya birovning hayotini hazon qiladigan adolatsiz hukmni hech ikkilanmasdan chiqaradigan odatini qachon tashlaydi?

7. Qachongacha sharafli lavozim sanalgan sudya qaerdagi tirrancha MHH hodimchalarining oldida dag'-dag' titrab ularning ko'rsatmasi bo'yicha hukm chiqarib yuboraveradi?

8. Akrom Malik, Bobomurod Abdullaev va Hayothon Nasriddinovlarning uylaridan olib ketilgan kompyuter hotiralaridan go'yoki konstitustsion tuzumga qarshi va 'ehtremistik materiallar chiqdi deb 'ekspert hulosalari bergan Ahborot va Kommunikatsiyalar vazirligi qachon javob beradi? Vazirlik 'ekspertlari olib kelingan materialning sohta ish bilan bog'liqligini bilishmagan demang faqat. Juda yahshi bilishgan va g'ing demasdan begunoh insonlarga deyarli hukm o'qilishini ta'minlab berishgan. Bu holat uchun vazirdan tortib boshqa rahbarlarigacha istefo berishlari va 'ekspertlar 'esa jinoiy jazoga tortilishlari kerak 'emasmidi?

B) Yana boshqa bir masala…

Qidiruvga berilgan 14 mingdan ortiq kishining 8,5 mingtasi faqat 159 va 244-moddalar bilan ayblanganining o'ziyoq bu erda nimadir noto'g'ri 'ekanidan darak bermayaptimi? Tizimning izdan chiqqanidan darak bermayaptimi?

Yaqin kunlargacha o'sha insonlar hali aybi isbotlanmasdan turib “qidiruvdagi jinoyatchilar” degan sarlavhasi ostida birlashtirilgandi. Bir nech hafta oldin qaysidir bir aqilliroq IIV hodimi hatoni sezib qolib sarlavhani “qidiruvdagi shahclar” deb o'zgartirib qo'yibdi.

Ayni paytda halqning qonini ichgan 159- va 244-moddalar ilingan shahslar ro'yhatdan yo'q bo'lib qolishdi. Bu insonlarga nisbatan ochilgan sohta ishlarning yopilmaganini, ularga asl qidiruv hali olib tashlanmaganini bilmaydigan ahmoq bo'lmasa kerak. Bu holatga IIV darhol izoh berishga majbur 'emasmi aslida?

Balki birato'la mana shu ikkita modda Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlanishi kerakdir?

Davlatga bosh bo'lishni maqsad qilgan shahs mana shu davlat mehanizmining to'g'ri ishlashi uchun ham mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Bu mas'uliyat nafaqat joriy, balki davlatning o'tmishdagi faoliyatlari uchun ham mas'uliyatni o'z ichiga oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev bir narsani tushunishi lozim, agar sobiq uzurpator I.Karimov boshqaruvini legitim o'laroq tan olib unga haykallar qo'yishda davom 'etadigan bo'lsa o'zi ham I.Karimovning barcha qilmishlariga sherik va javobgarlikni bo'yniga olgan bo'ladi. U holda minglab nohaq qamalganlarni avf qildim deyishga mutlaqo haqli 'emasdir. Aksincha ularning barchasidan o'zi avf so'rashi darkor.

Yo'q I.Karimov yaratgan terror rejimiga haqiqiy siyosiy bahoni berib, adolatni tiklashga harakat qiladigan bo'lsa, u holda Sh.Mirziyoev sobiq hamkasbi va ustozining qilmishlari uchun javobgarlik yukidan ozod bo'ladi.

Sulton Burhonov

Manba: facebook.com

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM