Bosh mavzular

O'zbekiston qamoqhonalarini qariyb 20 yil boshqargan Abdukarim Shodiev ushlandi

O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro 'etish boshqarmasining sobiq boshlig'i, militsiya polkovnigi, 56 yashar Abdukarim Shodiev ustidan jinoyat ishi ochilib, 'ehtiët chorasi sifatida sudgacha hibs qilindi.

Bu haqdagi qarorni 9 mart kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi qabul qildi.

Bu haqda O'zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi (MHHTG) rahbari Sur'at Ikromov 12 mart kuni Ozodlikka bildirdi. O'zbekiston IIV dagi Ozodlik suhbatlashgan mulozimning aytishicha¸ Shodiev joriy yil 9 mart kuni qo'lga olingan.

Ma'lum bo'lishicha, hibsga olingan paytda O'zbekiston IIV akademiyasida o'qituvchi bo'lib ishlagan (1999 yildan 2018 yilgacha Jazoni ijro 'etish boshqarmasida rahbar lavozimlarda ishlagan) Abdukarim Abdurahmonovich Shodievga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi («Hokimiyatni suiiste'mol qilish») va 230-moddasi («Aybsiz odamni javobgarlikka tortish») asosida ayblov ilgari surilgan.

Mulozimga ko'ra¸ “Shodiev bir umrga ozodlikdan mahrum qilingan MHH raisining sobiq o'rinbosari Shuhrat G'ulomov jinoiy ishi doirasida qo'lga olingan”.

Shodievning hibsga olinishiga aloqador boshqa bir mulozimning, ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ MHHning 2018 yil fevralida tugatilgan Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari bo'lib ishlagan Toymuroz Alimov ustidan qo'zg'atilgan mahbuslarni muntazam qiynaganiga oid jinoiy ishda ham Abdukarim Shodiev figurantdir.

Tergovga aloqador mulozimning aytishicha¸ gumondor Abdukarim Abdurahmonovich Shodiev O'zbekiston Bosh prokuraturasi so'roviga muvofiq hibsga olingan va Ichki ishlar vazirligi tergov izolyatoriga olib kelingan. Biroq mulozim Shodievning aynan qaysi kuni qo'lga olinganini ochiqlamadi.

O'zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur'at Ikromov Ozodlik bilan 12 mart kungi suhbatda Abdukarim Shodiev rahbarlik qilgan 1999 yildan 2018 yilgacha O'zbekiston qamoqlarida mahkumlarga nisbatan qilingan qiynoq va noinsoniy munosabat to'g'risida sudda ko'rsatma berishga tayyor 'ekanligini bildirib, bunday dedi:

– Men qamoqdan navbatdagi mahkumning o'ligi chiqqan 2002 yilda uning yuziga “Bu qilmishing uchun jazo olasan”, deb ochiq aytganman. Mana, men aytgan o'sha kun keldi. Shodievga qarshi sudda ko'rsatma berishga tayërman. Aynan Shodiev yuzlab mahkumlarning qiynoqqqa solinishi tashabuskori bo'lgan¸ dedi Ikromov.

Ozodlik bilan suhbatda Sur'at Ikromov aynan Shodievning buyrug'iga binoan mahbuslar muntazam qiynalganiga oid ma'lumotlarga 'ega 'ekanini bildirdi.

Abdukarim Shodiev 1999 yildan 2005 yilgacha O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro 'etish boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari sifatida ishlagan. 2005 yildan boshlab Jazoni ijro qilish boshqarmasining boshlig'i, IIV o'rinbosari bo'lib ishlagan.

2003 yili BMTning Qiynoqlar bo'yicha mahsus ma'ruzachisi Teo van Boven O'zbekiston jazoni o'tash maskanlarida qiynoqlar muntazam va tizimli qo'llaniladi, degan hulosaga kelgan 'edi.

O'zbekistonda rahbar o'zgargani ortidan 2018 yilda Shodiev 'egallab turgan lavozimidan ozod qilinib IIV akademiyasiga oddiy o'qituvchi qilib yuborildi.

Uning o'rniga polkovnik Bahrombek Qahramonovich Adilov Jazoni ijro qilish boshqarmasining boshlig'i lavozimiga tayinlangan 'edi.

Shodievning ishdan ozod qilingani ortidan Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilda “Ichki ishlar organlari” to'g'risidagi qonunni imzolagan.

Bu qonunga ko'ra O'zbekistonda qo'lga olingan shahsni so'roqqa tutish jarayonida qiynoqlarning oldini olish uchun audio va videoga yozib olinishi kerak.

Biroq inson haqlari faollari dastlabki tergov vaqti hamda jazoni ijro 'etish muassasasida mahkumlarga nisbatan qiynoqlar bugun ham to'htamaganini aytadilar.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM