O'zbekiston

MHH Rossiyada portlashni amalga oshirmoqchi bo'lgan o'zbekistonlikni Turkiyada hibsga oldi

Milliy havfsizlik hizmatining Farg'ona viloyat boshqarmasi hodimlari tomonidan Suriyada noqonuniy to'dalar safida bo'lgan shahs qo'lga olindi.

“O'zbekiston24” telekanalining bildirishicha, qo'lga olingan shahs1996 yilda Marg'ilon shahrida tug'ilgan, u 6 yil davomida Suriyada janggarilar safida bo'lgan.

Habarda MHH tomonidan Abdulbosit Ahmadjonov sifatida tanishtirilgan yigit otasi bilan 16 yoshida Turkiyaga ishlash uchun ketgani aytiladi. MHHning bildirishicha, u Turkiyada Abu Umar ismli shahs bilan tanishgan va uyigitga Suriyaga borishga yordam berishgan.

“22 yoshli yigit terrorchilik harakatlarida, shuningdek, Suriya hukumati qo'shinlariga qarshi qurolli janglarda ishtirok 'etganini tan oldi”, deyiladi habarda.

“O'zbekiston24” telekanalida namoyish 'etilgan MHH lavhasida Suriyadan uyiga qaytmoqchi bo'lgan Abdulbosit Ahmadjonov yana Abu Umarga murojaat qilgani, u 'esa Abdulbositni O'zbekistonga etkazib qo'yish 'evaziga Rossiyada terror harakatini amlaga oshirish shartini qo'ygani ham ta'kidlanadi.

Abdulbosit Ahmadjonov bu shartga ko'nib, terrorchilarni tayyorlash maskanlaridan birida birida portlovchi moslamalarni yasash va ularni qo'llash bo'yicha mashg'ulotladan o'tadi.

MHHning bildirishicha, Ahmadjonov Turkiyadan Suriyaning Hatay shahriga olib o'tilganidan so'ng MHH rejalagan amaliyot asosida qo'lga olingan.

Manba: ozodlik.org

Tavsiya 'eting:

Related Posts

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Email-Obuna

Arhiv

TUNEIN UZBEK.FM